AQŞ eronlik rasmiylarga JÇ-2026 qurasi uçun viza bermadi
3-10-2025, 23:05
125 марта

AQŞ eronlik rasmiylarga JÇ-2026 qurasi uçun viza bermadi
AQŞ kelasi oy bölib ötadigan 2026 yilgi Jahon çempionati qurasi uçun Erondan boradigan 9 kişilik futbol delegatsiyasiga kiriş vizasini bermadi. Bu haqda Eron futbol federatsiyasiga tayanib, “Press TV” xabar berdi.Eron futbol federatsiyasi matbuot kotibi Amir-Mehdi Alaviyning malum qilişiça, vizadan mahrum etilganlar qatorida federatsiya prezidenti Mehdi Toj, Eron milliy terma jamoasi boş murabbiyi Amir Ğalenoiy va yana yetti nafar rasmiy bor. Ularning barçasi 5 dekabr kuni Vaşingtonda ötkazilişi kutilayotgan tadbirga bora olmaydi.
Alaviyning sözlariga köra, Toj bu masala yuzasidan FIFA prezidenti Janni Infantino bilan boğlangan. Natijalar esa keyingi ikki hafta içida malum böladi. U, şuningdek, AQŞ tomonidan vizani hujjatlar yetişmasligi sababli rad etilganini inkor etib, hujjatlar hali yuboriliş jarayonida ekanini va bu jarayon ertaga, 4 oktyabr kuni yakunlanişini aytgan.
Qayd etiş joiz, joriy yilning iyun oyida AQŞ Prezidenti Donald Tramp 12 mamlakat, jumladan Eron fuqarolariga ham töliq sayohat taqiqini joriy qiluvçi farmonga imzo çekkan edi. U 2017 yilda ham prezidentlikning birinçi muddatida şunga öxşaş sayohat taqiqini imzolagan bölib, bu öşa paytda tartibsizlik va huquqiy bahslarga sabab bölgan.
Taqiq allaqaçon 2026 yilgi Jahon çempionatiga yöllanma olgan Eron milliy terma jamoasining AQŞ, Kanada va Meksikada ötadigan musobaqadagi iştirokini xavf ostiga qöyişi mumkin. Sport mutaxassislarining fikriça, terma jamoaning özi va murabbiylar ştabi bu borada ehtimol muammoga duç kelmaydi, biroq Eron futbol federatsiyasining ayrim rasmiylari, sport jurnalistlari va ayniqsa, muxlislar uçun bu katta tösiq böladi. Şu sababli federatsiya heç bölmaganda Eronning öyinlari AQŞda emas, Kanadada yoki Meksikada ötkazilişiga umid qilmoqda.
Malumki, Eron va AQŞ 45 yildan ortiq vaqt mobaynida diplomatik aloqalarga ega emas va siyosiy raqib sifatida qaraladi. Şunga qaramay, AQŞda qariyb ikki million eronlik yaşaydi.