Isroil hujumida 6 nafar eronlik olim halok böldi
13-06-2025, 12:21
218 марта

Isroil hujumida 6 nafar eronlik olim halok böldi
Isroilning Eron hududiga uyuştirgan yirik havo hujumi oqibatida olti nafar yadroviy olim halok böldi. Bu haqda Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga (IIQQ) yaqin bölgan “Tasnim” axborot agentligi xabar berdi.Xabarda aytilişiça, zarbalar bir neça şaharlar, jumladan, Tehron, Tabriz, Isfaxon (jumladan, Natanzdagi yadro inşooti), şuningdek, Loriston va Kirmonşoh viloyatlariga qaratilgan.
Öldirilgan olimlar röyxatida Abdulhamid Menuçehr, Ahmad Rizo Zulfiqoriy, Amir Husayn Fağiy, Motlabizoda, Muhammad Mehdi Tehronçi va Feridun Abbosiy bor.
Qayd etilişiça, Feridun Abbosiy Eron Atom energiyasi taşkilotining sobiq rahbari bölgan. 2010 yilda u suiqasddan omon qolgan, buning uçun Tehron Isroilni ayblagan. Muhammad Mehdi Tehronçi esa Islom Azad universiteti rektori lavozimida işlagan.
Zarbalarda, şuningdek, yuqori martabali harbiy amaldorlar, jumladan Eron Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği, general-mayor Muhammad Bağiriy va IIQQ Boş qömondoni Husayn Salamiy ham halok bölgan.
Mahalliy manbalarga köra, zarbalar Tehronning turarjoy hududlariga ham berilgan, tinç aholi halok bölgan.