Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga maktub yölladi
6-06-2025, 17:49
366 марта
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga maktub yölladi:"Janobi Oliylari,
Hurmatli Prezident!
Keça Özbekiston öz tarixida ilk bor FIFA Jahon çempionatiga çiqib, Osiyoda birinçi bölib JÇ-2026 yöllanmasini qölga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.
Butun futbol jamoatçiligi nomidan Sizni va butun Özbekiston xalqini uşbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklaşga ijozat bergaysiz.
Bunday ajoyib yutuq uşbu muvaffaqiyatga aloqador bölgan barçaning birgalikdagi say-harakatlari va qatiy irodasi tufayli amalga oşdi. Sizga, hukumatingizga, Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga, futbolçilarga, murabbiyga, barça xodim va rahbarlarga, şuningdek, albatta, qalbi qaynoq muxlislarga samimiy tabriklarimni yöllayman.
Muhtaram Prezident, Sizga 2026 yilgi FIFA Jahon çempionatida muvaffaqiyatlar tilayman hamda Siz, Janobi Oliylari bilan yana bir bor uçraşiş imkoniyatini intiqlik bilan kutaman".