Ravşan Ermatov: “Futbolçilar 6-iyun kuni tuşgaça vatanga qaytişi kutilmoqda”
6-06-2025, 09:43
255 марта
Ravşan Ermatov: “Futbolçilar 6-iyun kuni tuşgaça vatanga qaytişi kutilmoqda” Özbekiston terma jamoasi Jahon çempionati saralaşi 9-turida BAA bilan 0:0 hisobida durang öynab, mundial yöllanmasiga ega çiqdi. Özbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinçi örinbosari Ravşan Ermatov öyindan keyin uşbu muvaffaqiyat haqida fikr bildirdi.
JÇ yöllanmasi haqida
Özbekiston milliy futbol jamoasi tarixiy muvaffaqiyatga erişdi. Bu kun nafaqat yurtimiz, balki butun Osiyo futboli uçun esda qolarli sana sifatida tarixga muhrlandi. Kuçli raqiblar ustidan qölga kiritilgan ğalaba 37 millionlik xalqimiz uçun çeksiz quvonç manbai böldi. Bu — xalqimiz 34 yil davomida intiq kutgan buyuk natija edi.
Jamoaning muvaffaqiyatli iştirokida davlat rahbarining roli beqiyos böldi. Prezident tomonidan yaratilgan şaroitlar, körsatilgan etibor va ğamxörlik futbolçilarga öz imkoniyatlarini töliq namoyon etiş imkonini berdi. Prezidentimiz jamoani samimiy tabriklab, ğalabada hukumatning körsatgan yordami va qöllab-quvvatlaşini alohida takidladi. Bu esa sportçilarga yanada katta kuç va işonç bağişladi.
Jamoa hozirda 10-iyun kuni Qatarga qarşi bölib ötadigan öyinga tayyorgarlik körmoqda. Sönggi ğalaba ularga ruhiy kötarinkilik berdi va jamoa keyingi uçraşuvlarga katta işonç va qatiyat bilan tayyorlanmoqda.
Terma jamoa futtbolçilar Özbekistonga qaçon qaytadi?
Futbolçilar ertaga, 6-iyun kuni tuşgaça vatanga qaytişi kutilmoqda. Ularni sabrsizlik bilan kutayotgan xalqimiz bu ğalabani çin dildan nişonlaşga tayyor turibdi.
Özbekiston bugun futbol tarixida yangi sahifa oçmoqda. Bu ulkan muvaffaqiyat nafaqat öyinçilarning, balki butun jamiyatning bir yoqadan boş çiqarib harakat qilganining natijasidir. Yangi boşlangan bu davrda Özbekiston xalqining umidi katta, işonçi mustahkam. Futbol maydonida yurtimiz ovozini butun dunyoga eşittirgan bu ğalaba yana köplab zafarlar uçun yöl oçdi