Ukraina droni Qrimda yölovçi poyezdiga hujum qildi
8-06-2026, 19:31
55 марта

Ukraina droni Qrimda yölovçi poyezdiga hujum qildi
Bugun, 8 iyun kuni Ukraina droni Qrimda Moskva–Simferopol yönalişidagi yölovçi poyezdiga hujum qildi. Zarba oqibatida maşinist yordamçisi halok bölgan, maşinist esa yaralangan. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.Hodisadan söng Qrimda yölovçi poyezdlar harakati vaqtinça töxtatilgan. Qrim rahbari Sergey Aksenovning malum qilişiça, hujum paytida yölovçilar orasida jabrlanganlar bölmagan. Şundan söng yarimorol hududidagi barça poyezdlardagi yölovçilar evakuatsiya qilingan.
Grand Servis Ekspress kompaniyasi Qrimdagi rejalaştirilgan yölovçi poyezdlar qatnovi töxtatilganini elon qildi. Moskva–Simferopol poyezdi hamda Sankt-Peterburg–Simferopol yönalişidagi ikki poyezdi yölovçilari Simferopolga avtobuslarda yuborilgan.
Mahalliy OAVlarning yozişiça, hozirda Qrimni Rossiyaning materik qismi bilan boğlovçi yagona temiryöl yöli Kerç köprigi orqali ötadi. Yölovçilar köprikkaça avtobuslarda taşilmoqda.
Şuningdek, Rossiyaning Kursk viloyatida dron hujumi oqibatida dalada işlayotgan ikki nafar traktorçi halok bölgan. Rossiya Mudofaa vazirligi esa 7 iyun keçasidan 8 iyun tongigaça Rossiya hududi va anneksiya qilingan Qrim osmonida 310 ta Ukraina droni urib tuşirilganini bildirgan.