Rossiya dronlari 200 dan ortiq yölovçisi bor poyezdga hujum qildi. Qurbonlar bor
28-01-2026, 09:12
367 марта

Rossiya dronlari 200 dan ortiq yölovçisi bor poyezdga hujum qildi. Qurbonlar bor
Keça, 27 yanvar kuni Rossiya armiyasi Ukrainaning Xarkov viloyatida yölovçi poyezdiga “Geron” turidagi dronlar bilan hujum qildi. Hujum vaqtida poyezdda 200 dan ortiq yölovçi bölgan. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.Mahalliy prokuratura malumotiga köra, ikki dron poyezd yoniga tuşgan, uçinçi dron esa töğridan-töğri vagonga tekkan. Oqibatda yonğin kelib çiqqan.
Hozirça kamida 5 kişi halok bölgani malum. Jasad bölaklari topilgan, ularning şaxsi DNK tahlili orqali aniqlanmoqda.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bu hujumni “terrorizm” deb atagan. Uning aytişiça, tinç aholiga qarşi bunday zarbaning heç qanday harbiy maqsadi yöq. Dron tekkan vagonda 18 nafar odam bölgan.
Şu keça Rossiya tomonidan berilgan keng kölamli zarbalar oqibatida Xarkov şahri va viloyatining 80 foizi elektr taminotisiz qolgan.