Rossiya Ukrainaga keng kölamli hujum uyuştirdi. Qurbonlar bor
22-10-2025, 14:18
354 марта

Rossiya Ukrainaga keng kölamli hujum uyuştirdi. Qurbonlar bor
Bugun, 22 oktyabrga ötar keçasi Rossiya kuçlari Ukrainaga yana keng kölamli dron hujumlarini uyuştirdi. Hujum oqibatida 2 nafar tinç aholi halok böldi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram-kanalida yozib qoldirdi.Malum qilinişiça, poytaxt Kiyevda ikki kişi halok bölgan, 17 kişi jarohat olgan. Halok bölganlardan biri biri Dneprovsk tumanidagi köp qavatli uylardan birida yuzaga kelgan yonğin oqibatida vafot etgan.
Kiyev harbiy mamuriyati rahbari Temur Tkaçenko axborotiga köra, Peçersk, Dneprovsk, Darnitsa, Desnyansk va Solomenskiy tumanlarida talofotlar qayd etilgan. Hujumlar sabab poytaxt va viloyatda favqulodda elektr öçişlari joriy etilgan, Dnepropetrovsk viloyatida ham elektr taminoti uzilgan.
Ukraina Energetika vazirligi mamlakat energetika infratuzilmasiga qaratilgan ommaviy raketa va dron hujumlari tufayli elektr taminoti favqulodda tartibda deyarli barça hududlarda öçirilganini bildirgan.
Zaporoje viloyati harbiy mamuriyati rahbari Ivan Fedorovning sözlariga köra, viloyatda 13 kişi jarohatlangan. Şaharning turli hududlarida 15 ta köp qavatli uy, xonadonlar va noturarjoylarga zarar yetgan.