Zelenskiy “Çelsi”dan tuşgan pullarni harbiy maqsadda işlatmoqçi
9-06-2026, 18:13
219 марта

Zelenskiy “Çelsi”dan tuşgan pullarni harbiy maqsadda işlatmoqçi
Ukraina rossiyalik oligarx Roman Abramoviçga tegişli bölgan Angliyaning “Çelsi” futbol klubi sotilişidan tuşgan 2,4 milliard funt sterling (taxminan 3,34 milliard dollar) mablağni nafaqat gumanitar, balki harbiy maqsadlarda ham işlatişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “The Guardian” naşriga bergan intervyusida malum qildi.Hozirda Britaniya hukumati “Çelsi” klubi sotilişidan tuşgan mablağni Ukrainadagi gumanitar ehtiyojlar uçun yönaltirişni rejalaştirmoqda. Biroq Zelenskiy bu mablağlarni harbiy yönalişga, xususan, havo mudofaa tizimlarini xarid qilişga sarflaşni taklif qilgan.
Uning aytişiça, uşbu mablağlar Ukraina energetika infratuzilmasiga qilingan raketa hujumlariga qarşi himoyani kuçaytiriş, şuningdek, AQŞdan qöşimça havo mudofaa tizimlarini sotib oliş imkonini beradi va mamlakatning raketaga qarşi salohiyatini sezilarli darajada oşiradi.
Şuningdek, Zelenskiy yaqinda Kiyevda Roman Abramoviç bilan uçraşuv ötkazganini va unga “Bizga sizning pulingiz kerak”, deganini ham aytgan.