USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Sotsializm uçun kuraş”: Si va Kim nimalarga kelişib oldi?

56 марта

“Sotsializm uçun kuraş”: Si va Kim nimalarga kelişib oldi?

XXR Raisi Si Tszinpin 2019 yildan beri ilk bor Şimoliy Koreyaga taşrif buyurdi. KXDRga sönggi yetti yil içidagi ilk davlat taşrifi davomida u Kim Çen In bilan uçraşdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Uşbu taşrif Xitoy uçun yagona hisoblangan Döstlik, hamkorlik va özaro yordam töğrisidagi mudofaa şartnomasi tuzilganligining 65 yilligiga bağişlangan.

“Reuters”ning xabar berişiça, Xitoy yetakçisi XXR Şimoliy Koreya bilan umumiy çegaralar va ustuvor yönalişlarni himoya qiliş böyiça öz majburiyatlaridan voz keçmasligini malum qilgan. Kim Çen In bilan uçraşuvda u qöşnilar strategik aloqalarni mustahkamlaşi, şuningdek, öz suvereniteti va xavfsizligini qatiy himoya qilişi kerakligini qöşimça qilgan.

Öz navbatida, Kim Çen In Xitoy bilan munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişga tayyorligini bildirgan. KXDR rahbari “ikki mamlakat örtasidagi barça sohalardagi aloqalar va hamkorlikning jadal rivojlanişini” yuqori baholagan.
“Xalqaro vaziyatning özgarişidan qati nazar, bizning partiyamiz va hukumatimiz XXR partiyasi va hukumatining “yagona Xitoy” tamoyili asosida hayotiy manfaatlarni himoya qilişga qaratilgan siyosati va pozitsiyasini töliq qöllab-quvvatlaydi”, deydi Kim Çen In.
Muzokaralar davomida tomonlar özaro hamkorlikni va ikki davlat örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş niyatini tasdiqlagan.

Şimoliy Koreya rahbari Si Tszinpin şarafiga qabul marosimi uyuştirgan. Kim Çen In bölib ötgan muzokaralarda “sotsializm uçun kuraşning yagona yölida ikki mamlakat xalqlarining gözal kelajagini birgalikdagi say-harakatlar bilan barpo etiş irodasi yana bir bor tasdiqlanganini” qayd etgan.
Xitoy va Şimoliy Koreya “Koreya-Xitoy munosabatlarini rivojlantirişning yangi bosqiçini” boşlaşga kelişib olgan. Xususan, ular KXDR va XXR örtasida döstlik, hamkorlik va özaro yordam töğrisidagi şartnoma tuzilganligining 65 yilligi munosabati bilan ikki mamlakatda tantanali tadbirlarni yölga qöyişga qaror qilingan. Şuningdek, ikki partiya örtasidagi oliy darajadagi aloqalarni kuçaytiriş, barça sohalarda, jumladan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy yönalişlarda tajriba almaşiş va hamkorlikni kengaytirişga kelişib olingan.

Bundan taşqari, tomonlar xalqaro va mintaqaviy muammolar, har ikki davlat suvereniteti, xavfsizligi va rivojlaniş manfaatlarini himoya qiliş yöllari yuzasidan fikr almaşgan. Murakkab dunyo siyosiy vaziyatida mintaqada va umuman sayyorada tinçlik hamda taraqqiyotni saqlab qoliş masalalari muhokama qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: