Xitoy va Rossiya köp qutbli dunyo şakllanişi töğrisida deklaratsiya imzoladi
20-05-2026, 14:35
103 марта

Xitoy va Rossiya köp qutbli dunyo şakllanişi töğrisida deklaratsiya imzoladi
Bugun, 20 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin Pekinda “Köp qutbli dunyoning şakllanişi va yangi tipdagi xalqaro munosabatlar töğrisida”gi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Rossiya yetakçisi Si Tszinpinning taklifiga binoan ikki kunlik rasmiy taşrif bilan Xitoyda bölib turibdi. Uşbu taşrif ikki tomonlama aloqalar uçun poydevor hisoblangan Yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnoma imzolanganining 25 yilligiga bağişlangan.
Muzokaralardan söng ikki davlat rahbarlari “Köp qutbli dunyoning şakllanişi va yangi tipdagi xalqaro munosabatlar töğrisida”gi deklaratsiyaga imzo çekkan. Ular, şuningdek, “Har tomonlama şeriklik va strategik hamkorlikni mustahkamlaş töğrisida”gi bayonotni ham qabul qilgan.