Xitoyda dunyodagi eng baland minorali kran işlab çiqildi
11-06-2026, 09:03
69 марта

Xitoyda dunyodagi eng baland minorali kran işlab çiqildi
Xitoyning oğir maşinasozlik mahsulotlari işlab çiqaruvçi “Zoomlion” kompaniyasi dunyodagi eng baland LW3600-240NB seriyali minorali kranni taqdim etdi. Bu haqda “Interesting engineering” naşri xabar berdi.Uşbu maxsus texnika yangi avloddagi öta baland va öta oğir yerusti şamol generatorlarini montaj qiliş uçun işlab çiqilgan. Maşina rekord darajadagi – 241 metr balandlikka yuk kötariş imkoniyatiga ega va 240 tonnagaça bölgan yukni kötara oladi. Bunday körsatkiçlar yuz metrlik balandlikka bir vaqtning özida 200 tagaça kiçik hajmli avtomobilni kötariş uçun yetarli hisoblanadi.
Uskuna quvvati 10 megavattdan yuqori va parrak markazi balandligi 200 metrdan ortiq bölgan turbina qismlarini örnatişga möljallangan. Şamol energetikasi sanoati baland minoralardan foydalanişga ötmoqda, çunki ular barqaror havo oqimlaridan foydalaniş imkonini beradi va yillik elektr energiyasi işlab çiqarişni 30-50 foizga oşiradi. Biroq generator kabinasining vazni 150-200 tonnaga yetişi, parragining uzunligi esa 100 metrdan oşişi sababli montaj jarayoni ança murakkablaşadi.
Xitoy superkranining konstruktiv xususiyatlari:
- ixçamlik: 1 ming kvadrat metrdan ortiq maydon talab qiladigan ananaviy zanjirli (gusenitsali) kranlardan farqli ölaroq, uşbu yangilik uçun poydevorni minimal darajada tayyorlagan holda atigi 35 ga 55 metrlik hudud kifoya qiladi.
- çidamlilik: Konstruktsiya 10 ballgaça bölgan kuçli şamol yuklamalariga doş bera oladi, bu esa şamol tezligi soniyasiga 28,5 metrgaça bölgan böronga tengdir. Maxsus texnologiya tufayli sektsiyalarning surilib çiqişi xavfsiz tarzda amalga oşiriladi.
- aqlli tizim: Intellektual boşqaruv tizimi kranning oğişi, tebranişlari va yuklamasini real vaqt rejimida kuzatib boradi, şuningdek, metallning qoldiq resursini (xizmat muddatini) prognoz qiliş funktsiyasiga ega.