Tramp Eronga rejalaştirilgan zarbalar bekor qildi
12-06-2026, 09:47
109 марта

Tramp Eronga rejalaştirilgan zarbalar bekor qildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp keça, 11 iyun keçqurun Eron hududiga rejalaştirilgan harbiy zarbalar amalga oşirilmasligini malum qildi. Bu haqda u Truth Social tarmoğida yozib qoldirdi.Uning sözlariga köra, Eron bilan olib borilgan muzokaralar Islom Respublikasi rahbariyatining eng yuqori darajasiga yetkazilgan va ular tomonidan maqullangan. Şu sababli u rejalaştirilgan bombardimonlarni bekor qilgan.
Tramp muzokaralarda iştirok etgan barça tomonlar – jumladan Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Turkiya, Pokiston, Bahrayn, Quvayt, Iordaniya va Misr ham kelişuvni qöllab-quvvatlaganini bildirgan.
Uning aytişiça, dengiz blokadasi kelişuv töliq imzolanmagunça saqlanib qoladi, kelişuv qaçon va qayerda imzolanişi keyinroq elon qilinadi.
“Axios” naşriga köra, muzokaralarda asosiy kelişmovçiliklar Qatar vositaçiligida hal qilingan.
Avvalroq, AQŞ Eronning janubidagi harbiy obektlarga zarba bergani, bu esa ikki tomon örtasidagi keskinlikni kuçaytirgani xabar qilingan edi. Keyinçalik Eron Hormuz böğozini yopgani va AQŞ hamda Eron örtasida ayblovlar davom etayotgani aytilgan.
Hozirgi qaror esa vaziyatni vaqtinça yumşatişga qaratilgan qadam sifatida baholanmoqda.