Eron futbolçilari JÇga 168 raqamli nişon bilan bordi. «168» nimani anglatadi?
12-06-2026, 14:15
438 марта

Eron futbolçilari JÇga 168 raqamli nişon bilan bordi. «168» nimani anglatadi?
Futbol böyiça Eron milliy terma jamoasi azolari jahon çempionati ötayotgan Meksikaning Tixuana şahriga 168 raqami aks etgan kökrak nişoni taqqan holda keldi. Bu AQŞ hujumi oqibatida Eronning Minob tumanidagi maktabda halok bölgan 168 nafar öquvçining xotirasiga hurmat ramzi sanaladi.Eronning Vengriyadagi elçixonasi ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida kökrak nişoni Minob fojiasini yodga solişiga işora qilgan.
Malumot örnida: Minob tumanidagi «Şajarayi Toyyiba» maktabi AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruş boşlagan 28 fevral kuni bombardimon qilingan edi. Ayni dars vaqti uyuştirilgan hujum oqibatida 160 dan ziyod öquvçi va öqituvçilar halok bölgan, maktab binosi esa butunlay vayron bölgan.
YuNESKO hodisani xalqaro gumanitar huquqning qöpol ravişda buzilişi deb qoralagan.
BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Tyurk maktab bombalanişi oqibatida öquvçilar halok bölişi holatini tezkorlik bilan, xolis va haqqoniy tarzda taftiş etişni talab qilgan.
Reuters agentligi Erondagi maktabga berilgan zarba ortida AQŞ turgani haqida xabar bergan.
Amnesty International taşkiloti ham «Şajarayi Toyyiba» maktabi bombalanişi oqibatida begunoh insonlar öldirilişi uçun javobgarlik AQŞ zimmasida deb bayonot bergan.
Xalqaro taşkilot xulosasiga köra, asosan bolalar ölimiga olib kelgan hujumda Qöşma Ştatlar harbiylari Tomahawk raketasidan foydalangan.
«Uşbu hodisa Amerika qöşini hujum uyuştirişda tinç aholi vakillariga zarar yetmasligi uçun kerakli çoralarni köriş qobiliyatidan mahrum ekanini körsatadi va bu xalqaro gumanitar huquqning jiddiy ravişda buzilişidir», – deb hisoblaydi xalqaro inson huquqlari taşkiloti.
Eron vakillari Minob fojiasiga xalqaro hamjamiyat etiborini qaratişga urinib kelmoqda. Jumladan, mamlakatning futbol böyiça terma jamoasi Nigeriya bilan örtoqlik uçraşuvi arafasida maktab xaltasini (ryukzak) uşlagan holda davlat madhiyasini ijro etgan, Kosta-Rika bilan bahs oldidan esa halok bölgan öquvçilarning suratini namoyiş qilgan edi.
Turkiya matbuoti xabar berişiça, Isroil rasmiylari, xususan, Knesset spikeri örinbosari Saymon Devidson Eron terma jamoasi azolarining 168 raqami aks etgan kökrak nişoni taqqani vajidan FIFA rahbariyatiga şikoyat qilgan.
Eslatib ötamiz, AQŞ va Isroil Eronga qarşi keng kölamli uruş boşlangani ortidan Eron milliy terma jamoasining AQŞ, Meksika va Kanada mezbonligida ötayotgan jahon çempionatida qatnaşişi savol ostida qolgan edi.