USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eronda qizlar maktabi bombalandi. AQŞ aybini tan olmayapti

190 марта

Eronda qizlar maktabi bombalandi. AQŞ aybini tan olmayapti

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşining birinçi kuni – 28 fevralda Eronning Minob şahridagi qizlar maktabi vayron qilindi. Hokimiyat malumotlariga köra, hujum oqibatida kamida 165 kişi halok bölgan, ularning aksariyati dars paytida maktabda bölgan öquvçi qizlar edi. Jurnalistlar qurbonlar sonini mustaqil tasdiqlay olmagan.

BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar bu hujumni qoraladi. Tehron bu voqea uçun AQŞ va Isroilni aybladi. AQŞ Prezidenti Donald Tramp esa “buni eronliklar qilgan” deb bayonot berdi. Biroq, AQŞ armiyasi boşlagan dastlabki tekşiruv natijalari, şuningdek ekspertlar va jurnalistlar xulosalariga köra, Minobdagi maktabga zarbani aynan AQŞ bergan bölişi mumkin. Bu versiyani qöllab-quvvatlaydigan bir neçta dalillar bor.

Maktabning joylaşuvi. “Şajare Tayebe” nomli qizlar maktabi devor ortida Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) bazasi yonida joylaşgan bölib, u ham hujumga uçragan. Mutaxassislar malumotiga köra, bu yerda IIQKning dengiz kuçlari obektlari bölgan. Suniy yöldoş tasvirlari bino avval bazaga tegişli bölganini, taxminan 10 yil oldin esa devor bilan ajratilganini körsatadi. Keyinçalik bino atrofida maktabga xos maydonça va rangli panjaralar paydo bölgan. Ayrim ekspertlar bu yerda IIQK harbiylarining qizlari öqigan bölişi mumkinligini aytdi. Ammo hatto şunday bölgan taqdirda ham maktab fuqarolik obekti hisoblanadi va harbiy maqsad sifatida nişonga olinişi mumkin emas.



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: