Isroil va AQŞ hujumi: Eronda 200 dan ortiq kişi halok böldi
1-03-2026, 00:37
185 марта

Isroil va AQŞ hujumi: Eronda 200 dan ortiq kişi halok böldi
Amerika va Isroilning Eron hududiga yöllagan zarbalari oqibatida kamida 201 kişi halok böldi, 747 kişi esa turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda Eron Qizil Yarim oy jamiyati xabar berdi.Qayd etilişiça, öqqa tutişlardan Eronning 31 ta provintsiyasidan 24 tasi jabr körgan. “Reuters”ning guvohlarga tayanib xabar berişiça, Tehron aholisi şaharni imkon qadar tezroq tark etişga harakat qilmoqda, çunki u yerda qoliş öta xavfli bölib qolgan. Mahalliy hokimiyat ham bunga çaqirmoqda.
Eron rasmiy OAVlari xabariga köra, Minabdagi qizlar maktabiga berilgan zarba oqibatida 85 kişi halok bölgan. Yana 92 kişi jarohatlangan.
Isroilda Eronning javob zarbalari oqibatida 89 kişi jabrlandi, halok bölganlar haqida malumot yöq. Bu haqda Isroilning “Magen David Adom” tez yordam xizmati malum qildi. Jabrlanganlarning aksariyati boşpanalarga boriş yölida jarohat olgan. Kafr-Qosimda raketa parçalari qöyxonaga tuşişi oqibatida bir neça qöy nobud bölgan.
“Iran International” mustaqil media naşri xabariga köra, Quvaytda Eron zarbalari oqibatida 12 nafar tinç aholi vakili va Quvayt armiyasining uç nafar harbiy xizmatçisi yaralangan.
BAAda Dubaydagi Fairmont The Palm mehmonxonasiga dron zarbasi berilişi oqibatida tört kişi jarohat olgan.