Isroil Livan, Suriya va Ğazodan qöşinlarini olib çiqmaydi – Kats
Isroil Livan, Suriya çegarasi va Ğazo sektorining bir qismidagi harbiy nazoratni saqlab qoliş niyatida. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Isroil Kats AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralar fonida X ijtimoiy tarmoğida malum qildi.
Uning aytişiça, Isroil armiyasi xavfsizlik hududlaridan — Hermon toğining çöqqisidan tortib Livan toğlari, Samariya hududlari hamda Ğazo sektorining katta qismigaça bölgan hududlardan çiqib ketmaydi.
Katsning takidlaşiça, Isroil 7 oktyabr voqealaridan asosiy saboq çiqargan va turli guruhlardan keladigan tahdidlarga qarşi öz çegaralarini himoya qilişda davom etadi.
“Mamlakatimiz xavfsizlik böyiça aniq va özgarmas pozitsiyaga ega: biz har qanday tahdidga qarşi harakat qilamiz, yon beriş yoki murosaga emas, balki xavfsizlikni taminlaydigan qarorlarga intilamiz”, degan vazir.
Şu bilan birga, Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi AQŞ va Eron örtasidagi mojaroni hal qiliş böyiça kelişuv yaqin kunlarda raqamli şaklda imzolanişi mumkinligini aytgan. Uning sözlariga köra, muzokaralar yakuniy bosqiçdan muvaffaqiyatli ötsa, hujjat masofadan turib imzolanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron va AQŞ örtasidagi 14 banddan iborat anglaşuv memorandumi loyihasining yangi tafsilotlari elon qilingan edi.
Qolaversa, Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif özining X ijtimoiy tarmoğida AQŞ va Eron örtasidagi tinçlik şartnomasi matni tomonlar örtasida kelişib olinganini malum qilgan.