Eron qöşnilariga emas, Amerikaga qarşi kuraşmoqda – Aroqçi
3-03-2026, 11:05
96 марта

Eron qöşnilariga emas, Amerikaga qarşi kuraşmoqda – Aroqçi
Eron hujumlari Yaqin Şarq davlatlariga qarşi emas, balki faqat Amerika Qöşma Ştatlari harbiy bazalariga qaratilgan. Bu haqda Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi “Al Jazeera” naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.Vazir, şuningdek, zarurat tuğilsa, Eron özini himoya qilişga tayyorligini bildirgan.
“Ayrim mintaqa davlatlariga emas, balki Amerika bazalariga hujum qilmoqdamiz va zaruratga qarab özimizni himoya qilamiz”, degan Aroqçi.Uning takidlaşiça, mintaqadagi AQŞ harbiy bazalari Eron uçun qonuniy nişon hisoblanadi. U Isroil va AQŞni hozirgi harbiy harakatlarning oqibatlarini töliq tuşunmayotganlikda ayblagan. Vazirga köra, hozirgi uruş mintaqaviy mojaro emas, balki Eron va AQŞ örtasidagi qarama-qarşilik bölib, u butun Yaqin Şarqqa tasir qilmoqda.