Xitoy suvlarida “josus hayvonlar” aniqlandi
Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi xorijiy razvedka xizmatlari mamlakat suv hududlarini kuzatiş uçun sensorlar örnatilgan hayvonlardan foydalanayotganini malum qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Ularning aytişiça, bunday usullar qatoriga sensorlar bilan jihozlangan “josus” dengiz hayvonlari ham kiradi.
Vazirlik Xitoyning WeÇat platformasida elon qilgan bayonotida Xitoy atrofidagi dengizlarda körinmas maxfiy uruş ketayotganini takidlagan. Unga köra, xorijiy taşkilotlar turli zamonaviy kuzatuv qurilmalari yordamida maxfiy malumotlarni yiğib, suv osti xaritalarini yaratmoqda. Rasmiylarning fikriça, bu mamlakat milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid tuğdiradi.
Bayonotda aytilişiça, josuslik faoliyatida yirik dengiz hayvonlari, jumladan, “josus toşbaqalar” va “josus baliqlar” ham qöllanilmoqda. Xitoy tomonining iddao qilişiça, bu hayvonlar mamlakat suv hududlarida suzib yurgan paytda ularga maxsus sensorlar biriktirilgan holda aniqlangan.
Vazirlik malumotiga köra, uşbu qurilmalar suv harorati, şörlaniş darajasi va okean oqimlari kabi dengiz muhitiga oid nozik malumotlarni real vaqt rejimida yiğib, suniy yöldoş orqali xorijga uzatgan.
Şu bilan birga, rasmiylar bunday hayvonlar qayerda topilgani yoki ularga sensorlarni aynan qaysi davlat yoki taşkilot örnatgani haqida aniq malumot bermagan.
Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi, şuningdek, xorijdagi dengiz tadqiqot instituti tomonidan joylaştirilgan deb taxmin qilinayotgan suzuvçi buylarni ham aniqlaganini bildirgan. Vazirlikka köra, uşbu buylar meteorologik sensorlar majmuasi bilan jihozlangan bölib, ular Xitoy suvosti kemalarining tovuş tölqinlarini real vaqt rejimida kuzatiş imkonini bergan.
Bundan taşqari, rasmiylar tölqin harakati va quyoş energiyasi yordamida işlaydigan yangi turdagi qurilmalar haqida ham gapirgan. Ularning takidlaşiça, xorijiy kuçlar uşbu avtonom qurilmalar orqali harbiy ahamiyatga ega dengiz malumotlari hamda kemalar harakati haqidagi axborotlarni uzatmoqda.
Xitoy ommaviy axborot vositalarining yozişiça, mamlakat hukumati suv hududlarida josuslik qurilmalarini aniqlagan baliqçilarga 50 ming yuandan 500 ming yuangaça mukofot puli tölaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagon Isroil tomonidan AQŞga nisbatan josuslik faoliyati kuçayganidan xavotir bildirayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq Isroil elçixonasi va Oq uy bu davolarni rad etgan.