Rossiyaga işlagan avstriyalik josus uşlandi
24-01-2026, 13:24
82 марта

Rossiyaga işlagan avstriyalik josus uşlandi
Avstriyaning sobiq maxsus xizmat xodimi Egisto Ott ustidan Venada sud jarayoni boşlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.Ott Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilinmoqda. Sud jarayonining birinçi kunida prokuror Ottni “yillar davomida Avstriya Respublikasi manfaatlariga zid ravişda Rossiya razvedkasini qöllab kelgan” deb ayblagan.Ottga davlatga xiyonat qiliş, Avstriya xavfsizligiga tahdid yaratiş, lavozim vakolatini suiistemol qiliş, poraxörlik ayblovlari qöyilgan. 2015–2022 yillarda Ott Avstriya va çet elda maxfiy malumotlar töplagan. Bu faoliyatini Wirecard kompaniyasi sobiq menejeri Yan Marsalek orqali amalga oşirgan, u 2020 yilda Rossiyaga qoçgan va xalqaro qidiruvda bölgan.
Ott Yevropa bazalaridan malumot töplagan va Italiya hamda Buyuk Britaniyaga yordam sörovlarini yuborgan. Uning qiziqiş obektlari Rossiyadan qoçgan fuqarolar, jurnalistlar va sobiq razvedka xodimlari bölgan.
Avstriya prokuraturasi malumotlariga köra, Ott malumotlarni Moskvaga Marsalek va Bolgariya fuqarisi orqali yuborgan. Bolgariyalik şaxs 2025 yilda Londonda Rossiya josuslik tarmoği işida sudlangan. Ott bular uçun 80 ming yevrodan ortiq mablağ olgan.
OAV xabariga köra, tergovçilar Ott bilan 2019 yilda Berlindagi parkda sobiq çeçen komandiri Zelimxon Hangoşvilini Rossiya agenti Vadim Krasikov tomonidan öldirilişi orasidagi boğlanişni aniqlovçi hujjat topgan. Prokuratura bu hujjatni “Evropada kelajakdagi muvaffaqiyatli qotilliklar böyiça qöllanma” deb atagan.