Rossiyada migrantlarni fuqarolikdan mahrum etiş asoslari köpaytirilyapti
9-07-2025, 10:31
310 марта

Rossiyada migrantlarni fuqarolikdan mahrum etiş asoslari köpaytirilyapti
Rossiyada migrantlarni fuqarolikdan mahrum etiş asoslari kengaytiriladi. Tegişli qonun loyihasi Davlat Dumasi tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi. Bu haqda Quyi palata raisi Vyaçeslav Volodin özining Telegram-kanalida xabar berdi.
Uning sözlariga köra, hozirda Rossiya fuqaroligini bekor qiliş mamlakat Jinoyat kodeksining 64-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar, jumladan, banditizm, narkotik va qurol-aslaha savdosi, jinoiy uyuşma tuziş, josuslik, davlatga xiyonat qiliş, davlat sirini oşkor qiliş uçun qöllanilişi mumkin.
Endilikda uşbu röyxatga yana 8 ta asosni qöşiş taklif etilmoqda:
- zöravonlik bilan boğliq jinsiy harakatlar sodir etiş;
- terrorçilik faoliyatiga oçiq çaqiriqlar, terrorizmni oqlaş yoki tarğib qiliş;
- Rossiya xavfsizligiga qarşi yönaltirilgan faoliyatda duşmanga yordam körsatiş;
- natsistlar atributlari yoki ramzlarini tarğib qiliş;
- çet davlat, xalqaro yoki çet el taşkiloti bilan maxfiy hamkorlik orqali Rossiya xavfsizligiga tahdid soliş;
- Rossiya azo bölmagan xalqaro taşkilotlar yoki xorijiy davlat idoralari qarorlarini amalga oşirişga kömaklaşiş;
- davlat xavfsizligiga qarşi faoliyatga oçiq çaqiriqlar;
- Rossiya Federatsiyasining muhim axborot infratuzilmasiga noqonuniy tasir körsatiş.