Rossiyada IYeLTS topşirganlar qamalişi mumkin
6-06-2025, 21:24
118 марта
Rossiyada IYeLTS topşirganlar qamalişi mumkin Rossiyada ingliz tilidan IYeLTS testini topşiriş jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkin. Mamlakat boş prokuraturasi testni taşkillaştiruvçi Britiş Councilni “nomaqbul” taşkilot deb topdi.
Rossiya prokuraturasi davosiga köra, Britiş Council “talim va madaniy faoliyat”, yani marifiy tadbirlar va ingliz tilini öqitiş “niqobi ostida” uzoq muddatli “Britaniya manfaatlari va qadriyatlarini” ilgari suradi. Şu jumladan, LGBTni tarğib qiladi.
Britiş Council va 2021-yilda “nomaqbul” deb topilgan Oxford Russia Fund fondi “buzğunçilik işlari”da ayblangan. Federal Xavfsizlik xizmati rossiyaliklarni uşbu xorijiy taşkilotlar faoliyatida “iştirok etiş” oqibatidan ogohlantirmoqda
Bunday hamkorlik Rossiyaning mamuriy va jinoiy javobgarligiga tortilişga olib keladi, deya ogohlantirilgan FXX.
Şu sababdan endilikda rossiyaliklar IYeLTS imtihonlarini topşirişi, jumladan, çet elda ham “nomaqbul” taşkilotni moliyalaştiriş sifatida baholanişi mumkin (JK 284.1-moddasi), deydi xalqaro huquqşunos Artem Kliga.
Buning uçun maksimal jazo beş yilga ozodlikdan mahrum qilişni nazarda tutadi. Britiş Councilga oid havolalar va materiallarni ommaviy ravişda joylaştiriş “nomaqbul” taşkilot faoliyatida iştirok etiş deb hisoblanişi mumkin (Rossiya Mamuriy huquqbuzarlik kodeksining 20.33-moddasi)