AQŞ Nino Gerreroni yöq qildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Venesueladagi yirik jinoiy taşkilotlardan biri hisoblangan “Tren de Aragua” tödasi rahbari Ektor Rustenford Gerrero Flores, yani Nino Gerrero AQŞ harbiy operatsiyasi natijasida yöq qilinganini malum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmoğida malum qildi.
Trampning aytişiça, operatsiya AQŞ Janubiy qömondonligi tomonidan Venesuela hukumati bilan yaqin hamkorlikda ötkazilgan. U zarba qayerda amalga oşirilganiga aniqlik kiritmagan, ammo özining ijtimoiy tarmoğida hujum aks etgan videoni elon qilgan.
42 yoşli Nino Gerrero 2025 yilda Nyu-York sudi tomonidan terrorçilik faoliyatini qöllab-quvvatlaş, zöravonlik jinoyatlarini taşkil etiş va boşqariş kabi ayblovlar bilan ayblangan edi. U şundan buyon qoçqin sifatida qidiruvda bölgan.
“Tren de Aragua” terrorçilari endi Venesuelada ham, boşqa heç qayerda ham boşpana topa olmaydi”, deya takidlagan Tramp.
Malumot uçun, “Tren de Aragua” 2014 yilda Venesuelada şakllangan bölib, keyinçalik Janubiy Amerikaning bir neçta davlatlariga tarqalgan. Taşkilot odam savdosi, qotillik, odam öğirlaş, giyohvand moddalar savdosi, tovlamaçilik va boşqa oğir jinoyatlarda ayblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qöşma Ştatlar va Nigeriya IŞIDning eng faol terrorçilaridan biri deb atalgan Abu-Bilol al-Minukini yöq qiliş böyiça qöşma operatsiya ötkazgani va uni yöq qilgani haqida xabar berilgandi.