AQŞ OpenAI’ga qarşi iş oçdi
AQŞning bir neçta ştatlari OpenAI kompaniyasi faoliyati yuzasidan tergov boşladi va şu doirada startapga rasmiy malumot sörov xati yubordi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Malumotlarga köra, sörov ÇatGPT suniy intellekt tizimi foydalanuvçilari haqidagi malumotlarga, ayniqsa bolalar va yoşi katta internet foydalanuvçilariga taalluqli.
Xabar qilinişiça, uşbu sörov Nyu-York ştati boş prokurori Letitsiya Jeyms tomonidan bir neçta ştatlar koalitsiyasi nomidan yuborilgan. Nyu-York prokuraturasi hozirça bu masala böyiça izoh bermagan.
OpenAI esa ştat prokurorlari bildirgan xavotirlarni jiddiy qabul qilayotganini va ular bilan konstruktiv muloqot olib borişga tayyorligini malum qilgan.
Şuningdek, kompaniya voyaga yetmagan foydalanuvçilar hamda ruhiy holati zaif bölgan insonlarni himoya qiliş böyiça xavfsizlik çoralarini kuçaytirganini bildirgan.
“Suniy intellekt yangi va kuçli texnologiya hisoblanadi. Biz uning imkoniyatlaridan masuliyatli tarzda foydalanişni taminlaş ustida har kuni işlayapmiz”, degan kompaniya vakili.
Şuningdek, Florida ştatida OpenAI bilan boğliq boşqa tergov ham olib borilmoqda. Bu iş ÇatGPT’ning ommaviy otişma bilan boğliq holatdagi roli yuzasidan oçilgan.
Bundan taşqari, Kanada fuqarosi ham OpenAI’ga qarşi davo qözğatib, ÇatGPT uning qizini öz joniga qasd qilişga undaganini iddao qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kaliforniya federal sudi Ilon Maskning OpenAI’ga qarşi davosini keç topşirilgani sababli rad etgan edi. Mask kompaniyaning notijorat maqomidan çekinib, daromadli tuzilmaga aylanganini tanqid qilgan, biroq sud bu davoni qanoatlantirmagani haqida xabar berilgandi.