USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

OpenAI yangi AI modeli GPT-5’ni taqdim etdi

241 марта

OpenAI yangi AI modeli GPT-5’ni taqdim etdi

Keça, 7 avgust kuni OpenAI kompaniyasi yangi avlod neyrotarmoği – GPT-5’ni taqdim qildi. Yangilangan versiya yanada aniqroq fikrlaş, kengaytirilgan uzoq muddatli xotira va notöğri javoblarni sezilarli darajada kamaytiriş imkonini berişi aytilmoqda. Taqdimot translyatsiyasi OpenAI saytida namoyiş etildi.

“GPT-5 har jihatdan aqlliroq bölib, matematika, tabiiy fanlar, moliya, huquqşunoslik va boşqa sohalarda foydali javoblar beradi. Bu – xuddi sizga istalgan savolda yordam berişga tayyor ekspertlar jamoasi kabi”, deydi OpenAI kompaniyasi vakillaridan biri.

GPT-5 barça ÇatGPT foydalanuvçilariga taqdim etiladi, biroq bepul foydalanuvçilarga sörovlar sonida çeklov böladi – limitdan söng ÇatGPT oddiyroq modelga ötadi. API orqali foydalanuvçilar uçta versiyadan tanlaşlari mumkin: GPT-5, GPT-5 mini yoki GPT-5 nano. Bundan taşqari, çat rangini va tört xil muloqot uslubidan birini tanlaş imkoniyati ham böladi: Cynic (“Tsinik”), Robot (“Robot”), Listener (“Tinglovçi”) va Nerd (“Botanik”).
Malum qilinişiça, GPT-5 kamroq faktlar töqiydi va javob bera olmasligini faolroq tan oladi. Yangi versiyani işlab çiqişda 5 ming soatlik xavfsizlik sinovlari ötkazilgan.

“Taassurotingiz şunçalik böladiki, avvalgi modellarga qaytişni xohlamaysiz. Agar GPT-3 maktab öquvçisi, GPT-4 kollej talabasi bölsa, GPT-5 doktorlik darajasiga ega ekspertga öxşaydi”, deydi OpenAI rahbari Sem Altman.

Qayd etiş joiz, GPT-5 çiqişi bir neça bor keçiktirildi. Dastlab, 2024 yil örtalariga rejalaştirilgan bölsa, keyin 2025 yil örtasiga, söngra avgustga surildi. Bu vaqt içida ÇatGPT foydalanuvçilari soni oşişda davom etdi. Joriy yilning aprelida Altman haftalik faol foydalanuvçilar soni 500 millionga yetganini aytdi. OpenAI tez orada bu körsatkiç 700 millionga çiqişini kutmoqda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: