USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiya öz tarixidagi eng kuçli aviabombalarini taqdim etdi

318 марта
Turkiya öz tarixidagi eng kuçli aviabombalarini taqdim etdi

Turkiya özining eng kuçli yadroviy bölmagan aviabombalari — “Ğazab” (Gazap) va “Şarpa” (Hayalet)ni ilk bor jamoatçilikka namoyiş qildi. 970 kilogramm oğirlikdagi uşbu bombalar Istanbulda ötkazilgan “IDEF–2025 xalqaro mudofaa körgazmasi”da taqdim etildi. Bu haqda Daily Sabah naşri xabar berdi.

Malum qilinişiça, Turkiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan işlab çiqilgan “Ğazab” bombasi 1 metr masofaga 10 dan ortiq portlovçi parçalarni tarqata oladi. Bu esa avvalgi texnikalarga nisbatan 3 barobar köproq vayronagarçilik keltiradi. “Ğazab” bombalarini F-16 turdagi jangovar samolyotlardan taşlaş möljallangan.

— Bombaning zarba kuçi va portlaş samaradorligi oşirildi. Texnikani sertifikatlaş jarayonlari yakunlanib, foydalanişga tayyor holatda, — deyiladi rasmiy malumotda.

Körgazmada şuningdek yana bir oğir bomba — NEB-2 “Şarpa” ham taqdim etildi. Uning ham oğirligi 970 kilogrammni taşkil etib, yer osti infratuzilmalari, xususan, betonli bunkerlarga qarşi kuraşiş uçun möljallangan.

— Oddiy AQŞ texnikasi 2,4 metrlik standart betonini teşib ötadi. “Şarpa” esa 7 metr çuqurlikdagi, 3 barobar mustahkamroq betonni ham yorib kira oladi, — deya izoh berilgan.

Sinovlar davomida NEB-2 bombasi orolga taşlangan. Natijada u 90 metr çuqurlik hosil qilib, orolda yer qöçqilarini, gaz çiqişini hamda yirik toşlarning parçalanişini keltirib çiqargan.

Oddiy portlaş jarayoni odatda 25 millisoniya davom etadi. “Şarpa”da esa bu vaqt 240 millisoniyagaça çözilib, portlaş kuçi yanada oşirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: