Musulmonlar idorasi Çatgptdan diniy savollarga javob olmaslikka çaqirdi
15-06-2025, 09:59
437 марта
Musulmonlar idorasi Çatgptdan diniy savollarga javob olmaslikka çaqirdiÖzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi Çatgpt (suniy intellekt) orqali diniy savollarga javob olişni joiz emas deya takidladi.
Xabarga köra, şariy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qiliş orqali yeçim topiş kerak.
Töğri, Çatgpt platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga töğri javob berişga ojizlik qiladi. Çunki u ham inson omili tomonidan işlab çiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, bazan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berişi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boşqa fiqhiy manbalarda uçramaydi, deyiladi xabarda.
Exploding Topics malumotiga köra, ÇatGPT foydalanuvçilari soni 2024 yildan beri jadal suratda ösmoqda. Hozirda har oyda 180 milliondan ortiq faol foydalanuvçi bor va saytga har kuni önlab million taşrif amalga oşiriladi. Odamlar uni talim, iş faoliyati va şaxsiy yordam maqsadlarida foydalanmoqda.
Open AI kompaniyasining boş operatsion direktori sözlariga köra, ÇatGPT haftalik 400 million foydalanuvçiga ega. 2025 yil oxirigaça u 1 milliard foydalanuvçini qamrab olişni rejalaştirmoqda.