Ronaldu faoliyatini qayerda davom ettirişini aytdi
9-06-2025, 17:42
201 марта

Ronaldu faoliyatini qayerda davom ettirişini aytdi
Portugaliyalik 40 yoşli hujumçi Kriştianu Ronaldu kelajakda qayerda öynaşi borasidagi savollarga javob berib, Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida qolişni rejalaştirayotganini va jamoa bilan yangi şartnoma imzolaşga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda u keça, 8 iyun kuni Ispaniyaga qarşi Millatlar ligasi finalidan keyin malum qildi.“Kelajagim nima böladi? Aslida, heç narsa özgarmaydi. “Al-Nasr”da qolamanmi? Ha”, degan Ronaldu.Malumot uçun, keça, 8 iyun kuni Portugaliya Ispaniyaga qarşi Millatlar ligasi finalida öynab, penaltilar seriyasida ğalaba qozondi. Öyinda Ronaldu 1 ta gol urdi. Şu tariqa portugallar 2-marta uşbu turnir ğolibiga aylandi.
Qayd etiş joiz, portugaliyalik hujumçining “Al-Nasr” bilan amaldagi şartnomasi 2025 yilning iyunigaça tuzilgan. Biroq may oyida “Marca” naşri Ronaldu yozda klubni tark etişi mumkinligi haqida xabar bergan. Naşrga köra, “Al-Nasr” rahbariyati Ronalduning jamoaning sönggi muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan ğazab bilan javob berganidan norozi bölgan.
May oxirida esa Ronalduning özi ham klubdan ketişi mumkinligiga işora qilgandi. Saudiya çempionatining sönggi turidan keyin u Instagram sahifasida “Bu bob yakunlandi. Tarix esa yozilmoqda. Hammadan minnatdorman”, deb yozgan edi.