Millatlar Ligasi. Ronaldu va Portugaliya finalda Ispaniyani mağlub etib, boş sovringa ega çiqdi
9-06-2025, 09:07
432 марта
Millatlar Ligasi. Ronaldu va Portugaliya finalda Ispaniyani mağlub etib, boş sovringa ega çiqdiUYeFA Millatlar Ligasi final bosqiçi doirasidagi Portugaliya — Ispaniya uçraşuvi nihoyasiga yetdi. Hal qiluvçi bahsning asosiy va qöşimça vaqtlarida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Ğolib penaltilar seriyasida aniq bölib, Portugaliya 5:3 hisobida zafar quçdi.
Uçraşuvdagi hisobni Ispaniya oçdi — 21-daqiqada Martin Subimendi raqib darvozasiga yöl topdi. Oradan atigi beş daqiqa ötib, Portugaliya javob golini kiritdi — Nunu Mendeş hisobni tenglaştirdi. Bölim yakunida Subimendi ikkinçi bor Diogu Koştani doğda qoldirib, Ispaniyani yana oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölim ham murosasiz kuraşlar bilan boşlandi. 61-daqiqada Kriştianu Ronaldu hisobni 2:2 körinişga keltirdi. Qolgan vaqt davomida, jumladan qöşimça bölimlarda ham hisob özgarmadi va jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilişga majbur böldi.
Penaltilar seriyasida Portugaliya futbolçilari barça zarbani aniq ijro etişdi. Ispaniya safida esa Alvaro Morata öz imkoniyatini boy berdi. Şu tariqa Portugaliya UYeFA Millatlar Ligasi çempioniga aylandi.
Millatlar Ligasi
Final
8-iyun, yakşanba
Portugaliya — Ispaniya 2:2 (penaltilar — 5:3)
Gollar: 0:1 — Subimendi (21), 1:1 — Mendeş (26), 1:2 — Subimendi (45+1), 2:2 — Ronaldu (61)