Paxtakor yöli – xalq tamirlayotgan yöl Mutasaddilar qani, aholi qaçongaça öz yölini özi tamirlaydi?
13-05-2025, 02:28
576 марта
Urganç tumanidagi Paxtakor mahallasidan ötuvçi asosiy yöl yillar davomida ahvoli oğir bölgani, aholi manfaatlariga javob bermasligi haqida “Xorazmbugun.uz” sayti bir neça bor yoritgan. Ammo, afsuski, bugungi kungaça yöl tamirlanmadi. Eng alamlisi – aholi, umidi sönib, rasmiylardan noumid bölib, öz qöli bilan yölni tamirlaşga majbur bölmoqda.Yölmi bu – yoki azob yöli?
Paxtakor yöli nafaqat mahalliy aholi, balki yaqin atrofdagi qişloqlar uçun ham muhim transport yönalişidir. Ammo yöldagi çuqurlar, şağalsiz qoplama va harakat uçun xavfli şaroit odamlarning kundalik hayotini qiyinlaştirib qöygan. Maktabga ketayotgan bola, bemorini şifoxonaga olib borayotgan ota, tovar taşuvçi tadbirkor – hammasi bir xil muammoga duç kelmoqda.
Hokimiyat qayerda?
Ötgan yili “Xorazmbugun.uz” sayti uşbu yöl ahvolini fotosuratlar va videolar orqali namoyon qilgan holda maqola çop etdi. Joriy yil boşida yana bir bor uşbu mavzuda murojaat qilindi. Biroq aniq va mantiqiy çora körilgani yöq. Hokimiyat va yöl taşkilotlari tomonidan na rasmiy izoh, na amaliyotda özgariş kuzatildi.
Xalq tamirçiga aylanmoqda
Bugun esa, köngilni ezadigan holatga guvoh böldik: mahalliy aholi, öz mablaği va kuçi bilan, qöliga bel va ketmondni olib, yölni tamirlaşga kirişgan. Bu – jamiyatda davlatga işonç susayganining yorqin ifodasidir. Axir, soliq tölovçi özining hayoti uçun zarur infratuzilmani özi tamirlaşi normal holatmi?
Masullar javob bersinPaxtakor yölining tamirlanmasligi ortida moliyaviy yetişmovçilikmi, rejalaştirilmaganligimi, yoki şunçaki etiborsizlik yotamoqda? Urganç tumani hokimligi, Xorazm viloyati avtoyöllar boşqarmasi va mutasaddi idoralardan jamoatçilik bu savollarga javob kutadi.
Xulosa örnidaAholi qöli bilan tamirlanayotgan yöl – bu jamiyatning signalidir. Bunday holatlar köpayişi xalqning davlat organlariga bölgan işonçini söndirişi mumkin. “Xorazmbugun.uz” bu masalani kuzatişda davom etadi va tegişli idoralardan javob talab qiladi.