USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urgançda yöl bor, lekin etibor yöq: 4-daha va Gurlan köçasi oraliği qaçon tamirlanadi?

1 057 марта
Urganç şahrida joylaşgan 4-daha va Gurlan köçasi oraliğidagi yöl ahvoli yildan-yilga yomonlaşib bormoqda. Bu yönalişda joylaşgan asfalt qoplamasi yaroqsiz holga kelgan, çuqurlar esa nafaqat transport vositalariga, balki inson hayoti xavfsizligiga ham tahdid solmoqda.

Afsuski, yöl tamirga muhtoj bölsa-da, bu yöldan “kimdir” keladi degan vaj bilan ustidan faqat çiziqlar çizildi. Ammo muammo ildizi – yölning özi – öşa-öşa qolmoqda.

YTHlar, közböyamaçilik va sukutdagi muammo

Hudud aholisining aytişiça, bu yölda bir neça bor yöl-transport hodisalari sodir bölgan. Şunga qaramay, masul taşkilotlar tomonidan hali-hanuz real çoralar körilmagan.

Huquqiy asos: yöl – davlat zimmasidagi majburiyat

Özbekiston Respublikasi “Yöl harakati xavfsizligi töğrisida”gi Qonunining 4-moddasiga köra:

“Yöl harakati iştirokçilarining xavfsizligini taminlaş – davlatning ustuvor vazifalaridan biridir.”


Bundan taşqari, Prezidentning 2022-yil 29-apreldagi PQ-228-sonli qarorida mahalliy ahamiyatga ega yöllarni modernizatsiya qiliş, rekonstruktsiya va tamirlaş çoralari aniq belgilangan. Şunday bölsa-da, yuqoridagi hudud bu rejalarga kirmay qolmoqda, nazarimizda.

Savol: nega faqat çiziq çizildi?

Aholining haqli savoli şuki: yölning asosi buzilgan bölsa, faqat çiziq çiziş kimga kerak? Bu çora faqat közböyamaçilik emasmi? Qonunçilikda bu kabi yuzaki yondaşuvlar xavfsizlikka tahdid tuğdiradigan holat sifatida baholanadi.

Jamoatçilik etiborida bölişi kerak

Bu yölni tamirlaş – faqat yölçilar emas, hokimiyat, Içki işlar bölimi va Mahalla fuqarolar yiğinlari kabi idoralarning ham javobgarligi doirasiga kiradi.

Taklif:
 • Yölning texnik holati böyiça muhandislik tekşiruv ötkazilişi
 • Aniqlangan nuqsonlar asosida tamirlaş jadvali işlab çiqilişi
 • Amalga oşirilgan harakatlar haqida aholiga oçiq axborot berilişi

Hurmatli masullar!
Muammo nafaqat körinib turibdi, balki odamlar hayoti xavfsizligiga bevosita tasir qilmoqda. Şunday ekan, hamma vaqt bölgani kabi, kimdir kelganda emas, aynan xalq uçun harakat qiliş vaqti keldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: