USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyodagi 180 davlatdan 160 tasida OAV barqaror faoliyat yurita olmayapti

130 марта
Dunyo böyiça matbuot erkinligi tarixiy eng past darajaga tuşib ketdi. Bu haqda “Çegara bilmas muxbirlar” (RSF) taşkilotining 2025 yilgi hisobotida söz boradi.  

Qanday mezonlar asosida?

Hisobotda 180 ta mamlakatdagi ommaviy axborot vositalari holati beşta mezon – siyosiy kontekst, huquqiy baza, iqtisodiy muhit, ijtimoiy-madaniy şart-şaroitlar va xavfsizlik asosida baholangan.

Tahlilçilarga köra, 90 ta mamlakatda jurnalistlar uçun “qiyin” yoki “juda jiddiy” vaziyat yuzaga kelgan. Bunday holatga nafaqat xavfsizlik bilan boğliq muammolar va avtokratik rejim tasiri, balki ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy noçorligi ham sabab bölmoqda. RSF rahbari Anya Osterxausning takidlaşiça, “mustaqil jurnalistika avtokratlar közida xaqiqatni oşkor qiluvçi tikandek”. Uning sözlariga köra, agar OAV moliyaviy qiyinçiliklarga duçor bölsa, dezinformatsiya va propagandaning yolğonini kim foş qilişi söroq ostida qoladi.

46 davlatda OAV faqat bir neça boy şaxslar tomonidan nazorat qilinadi

Hisobotda qayd etilişiça, 180 davlatdan 160 tasida OAV barqaror faoliyat yurita olmayapti yoki faqat juda qiyin şaroitda faoliyat yuritmoqda. Qariyb uçdan bir mamlakatda tahririyatlar iqtisodiy sabablar bilan yopilgan, köp hollarda bunga rasmiy bosim sabab bölgan. 46 davlatda OAV faqat bir neça boy şaxslar tomonidan nazorat qilinadi. Rossiya ham şular qatorida tilga olingan.

Rossiya RSF reytingining eng oxiridagi önlikka kirgan. Mamlakat bir yilda 9 poğona pastlab, 171-örinni egalladi (100 ballik tizimda 24,57 ball), yani reytingdagi eng yomon natijalardan biri. Rossiya yonida Misr va Nikaragua qayd etilgan.

Postsovet davlatlari içida eng yomon körsatkiç Turkmanistonda – 174-örin, 19,14 ball. Bundan pastda faqat Afğoniston, Eron, Suriya, Xitoy, Şimoliy Koreya va Eritreya joylaşgan.

Belarus (166-örin, 25,73 ball) va Ozarbayjon (167-örin, 25,47 ball) Rossiyadan yuqoriroqda turibdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari ham past poğonalarda joylaşgan: Tojikiston 153-örin (32,21 ball), Özbekiston 148-örin (35,24 ball), Qirğiziston 144-örin (37,46 ball), Qozoğiston 141-örin (39,34 ball).

Gruziya esa bir yil içida 11 örin pastlab, 114-poğonaga tuşib ketdi (50,53 ball). Bunga sabab mamlakatdagi parlament saylovlari va “Gruziya orzusi” partiyasining hokimiyatda qolişi ortidan kelib çiqqan xalqaro tanqidlar va içki noroziliklar böldi. 

Özbekistondagi vaziyat

Özbekiston ketma-ket ikkinçi yil 148-poğonada qolmoqda. Biroq ahvol 2024 yilga nisbatan yomonlaşgan. Çunki ötgan yili Özbekiston OAV erkinligiga 37,27 ball berilgan bölsa, bu yil 35,24 ball berilgan. 

Amerika qitasidagi 28 mamlakatdan 22 tasida ommaviy axborot vositalari uçun iqtisodiy şaroit yomonlaşgan. AQŞda (57-örin) Donald Trampning ikkinçi prezidentlik muddati matbuot erkinligi uçun salbiy tasir körsatgan. Argentinada (87-örin) Prezident Xaver Miley jurnalistlarni ommaviy ravişda haqorat qilib, davlat ommaviy axborot vositalarini tarqatib yubordi. Peru (130-örin) va Salvadorda (135-örin) esa matbuot erkinligi hukumatni tanqid qiluvçi OAVga qarşi propaganda va hujumlar tufayli tanazzulga yuz tutgan.

Meksika (124-örin) jurnalistlar uçun eng xavfli mamlakat bölib qolmoqda va u yerda iqtisodiy körsatkiçlar ham jiddiy pasaygan. Hududda eng oxirgi örinni Nikaragua (172-örin) egallab, reytingning eng past qatorida joylaşgan. Bu mamlakatda Ortega-Murilo rejimi mustaqil OAVni töliq yöq qilgan.Şu bilan birga, Braziliya (63-örin) Bolsonaru davridan keyin tiklanişni davom ettirmoqda.

Yevropa hali ham matbuot erkinligi böyiça mintaqaviy yetakçi bölib turibdi, ammo u ham tobora köproq bölinmoqda. Şarqiy va Markaziy Yevropa mintaqasi dunyoda eng kuçli pasayişni boşdan keçirgan. Biroq Yevropa Ittifoqi va “bolqon”lar mintaqasi eng yuqori umumiy balni qayd etgan va dunyodagi boşqa mintaqalar bilan farqi ortib bormoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: