Kaspiy dengizi sathi eng past darajaga pasaydi Kaspiy dengizining sathi tarixiy minimal darajada pasayib ketdi.
23-04-2025, 10:27
739 марта

Kaspiy dengizi sathi eng past darajaga pasaydi
Kaspiy dengizining sathi tarixiy minimal darajada pasayib ketdi. Bu haqda keça, 22 aprel kuni Qozoğiston Suv resurslari va irrigatsiya vazirining örinbosari Bolat Bekniyoz parlamentning quyi palatasi – Majlisda söz oçdi.Bolat Bekniyozning malum qilişiça, Kaspiy dengizining sathi sezilarli darajada özgarib turadi.
“1900 yildan 2023 yilgaça dengiz sathi -25,7 metr (1900 yil)dan -29,01 metrgaça özgargan. Yani, 1900 yildagi eng yuqori sath bilan 1977 yildagi eng past sath orasidagi farq uç metrdan oşadi. 2006 yildan boşlab Kaspiy dengizining sathi pasayiş tendentsiyasini körsatmoqda va ayni paytda u -29,21 metr darajaga yetgan, bu esa tarixiy minimum hisoblanadi. Dengiz sathining pasayişi oqibatida suv yuzasining maydoni qisqardi, asosan sayoz şimoli-şarqiy qism hisobiga”, deydi u.Vazir örinbosarining sözlariga köra, dengiz sathining pasayişiga olib kelayotgan asosiy omillar iqlimiy va antropogen tasir ostida daryolardan keladigan suv oqimining kamayişi, havo haroratining ortişi oqibatida buğlanişning köpayişi, şuningdek, mintaqada yoğingarçilik miqdorining kamayişidir.
Bildirilişiça, 1976-2023 yillar oraliğida Kaspiy mintaqasida havo haroratining örtaça yillik özgarişi har 10 yilda +0,51 darajani taşkil etgan. 2006-2023 yillar davomida Kaspiy dengizining akvatoriyasidagi yoğingarçilik 65 millimetrga kamaydi. Barça bu salbiy omillar Kaspiyga suv kelişining qisqarişi fonida yuz bermoqda.
“Avval ham takidlanganidek, dengiz sathini barqarorlaştiriş uçun yiliga 279 kub kilometr suv barqaror oqib kelişi zarur bölib, uning asosiy qismini Volga daryosi taminlaşi mumkin. Agar Kaspiyböyi davlatlari tomonidan birgalikdagi çoralar körilmasa, ilmiy başoratlarga köra, 2030 yilga borib dengiz sathi -29,5 dan -30,2 metr oraliğiga tuşişi mumkin”, dedi vazir örinbosari.