Xomanaiyning dafn marosimi sanasi malum böldi
AQŞ va Isroilning hujumi oqibatida halok bölgan Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan xayrlaşuv marosimi joriy yil 4 iyuldan 9 iyulgaça bölib ötadi. Bu haqda SNN xabar berdi.
Qayd etilişiça, xayrlaşuv marosimi 4 iyul kuni boşlanadi, şu kuni Tehrondagi Xomeyniy jome masjidida vidolaşuv tadbiri ötkaziladi. Keyingi kunlarda Tehron, Qum va Maşhad şaharlarida motam yurişlari bölib ötadi.
“9 iyul kuni Maşhadda motam yurişi ötkaziladi, şundan söng jasad Imom Rizo maqbarasiga dafn etiladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etiş joiz, Xomanaiy vafotidan buyon uç oydan köproq vaqt ötdi. U 28 fevral kuni havo hujumi oqibatida halok bölgan edi. Uning vafotidan keyin davlat oliy rahbari lavozimiga uning öğli Mujtabo Xomanaiy saylandi. U ham 28 fevraldagi hujum paytida jarohat olgan va öşandan beri jamoatçilikka köriniş bermagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Eron örtasidagi tinçlik şartnomasining yakuniy kelişuvi yaqin 24 soat içida amalga oşişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Hujjatni imzolaş jarayonidan keyin texnik darajadagi muzokaralar bölib ötadi.