USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Qiziqçilar”. Köçani suniy intellektda “tozalagan” amaldor işdan haydaldi

261 марта
“Қизиқчилар”. Кўчани сунъий интеллектда “тозалаган” амалдор ишдан ҳайдалди

Qozoğistonning Olmaota şahri Böstonliq tumani hokimligida çiqindilarni fotosuratdan suniy intellekt yordamida öçirib taşlagan va uşbu fotoni haqiqiy tozalaş natijasi sifatida taqdim etgan amaldor işdan böşatildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.  

Qayd etilişiça, joriy yil may oyining örtalarida Threads ijtimoiy tarmoğining “amiisarra” nikli foydalanuvçisi Olmaotaning Böstonliq tumanidagi hovlilardan birining suratlarini joylaştirib, u yerda çiqindilar “yillar davomida yotganini” malum qilgan.

Olmaotalik ayolning uşbu postiga Böstonliq tumani hokimligi munosabat bildirib, kamçiliklar tuman kommunal xizmatlari tomonidan bartaraf etilganini davo qilgan. Biroq qiz fotosuratlarning ğayritabiiy körinayotganiga etibor qaratgan. Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqning özi ham uşbu suratlarni “SI mahsuli” deb belgilagan.

“Böstonliq tumani hokimligi mening çiqindilar aks etgan suratlarimni olib, suniy intellekt orqali çiqindilarni öçirib taşlabdi va heç uyalmasdan menga javob qaytaribdi. Qiziqçilar”, deb yozgan u. 

Joriy yilning 9 iyun kuni Olmaota hokimligi matbuot xizmatining malum qilişiça, uşbu postni joylaştirgan davlat xizmatçisi suniy intellektdan foydalanganini tan olgan.

“Olmaota şahri Böstonliq tumani hokimi apparati Levitan köçasidagi (125-maktab röparasidagi) tozalaş işlari aks etgan va suniy intellekt yordamida işlov berilgan fotosuratlar böyiça xizmat tekşiruvi ötkaziş masalasida şuni malum qiladiki, mazkur holat böyiça xizmat tekşiruvi ötkazişga hojat yöq, çunki davlat xizmatçisi yöl qöyilgan qoidabuzarlikni tan oldi”, deyiladi hokimlik bayonotida. 

Xabar qilinişiça, uşbu şaxs bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan va şu sababli uning davlat organi bilan xizmat munosabatlari töxtatilgan.

“Intizomiy huquqbuzarlik sodir etilişi holatlarini aniqlaş va davlat xizmatçisini intizomiy javobgarlikka tortiş masalasini körib çiqişga qaratilgan xizmat tekşiruvi maqsadlari, mazkur holatda keyinçalik amalga oşirilişi şart emasligini inobatga olib, xizmat tekşiruvini tayinlaş va ötkaziş uçun asoslar mavjud emas.

Şu munosabat bilan masala yakunlangan deb hisoblanadi va qöşimça xizmat protseduralarini ötkazişni talab qilmaydi”, deya malum qilgan hokimlik. 
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: