“Eng yaxşi axborot xizmati” tanlovi — haqiqatan ham şaffof ötdimi?
2-07-2025, 14:21
145 марта
“Eng yaxşi axborot xizmati” tanlovi — haqiqatan ham şaffof ötdimi?Joriy yilning 30-iyun — 2-iyul kunlari Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Axborot xizmatlari faoliyati: oçiqlik, tezkorlik va xolislik boş mezon” mavzusida V milliy konferensiya ötkazildi.
Konferensiya doirasida “Eng yaxşi axborot xizmati — 2025” loyihasi ğoliblari ham elon qilindi. Xususan, Xorazm viloyati hokimligi va Hazorasp tumani hokimligi axborot xizmati faoliyati munosib deb topilib, Agentlikning maxsus diplomi va qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandi.
Biroq bu yerda bir savol örinli: tanlovning mezonlari qançalik oçiq va adolatli belgilandi? Çunki Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali va saytida köplab tanqidiy materiallarga öz vaqtida munosabat bildirilmagan. Hazorasp tuman hokimligi axborot xizmatiga kelsak, tezkorlik mezonida ham savollar yöq emas — çunki tezkorlik böyiça Urganç şahar, Urganç tuman, Xonqa tuman hokimliklari faoliyati bilan soliştirganda, Hazorasp hokimligi unçalik közga taşlanmagan.
Şu sababli jamoatçilik orasida uşbu tanlovning natijalari qançalik şaffof ötgani böyiça savollar tuğilmoqda. Tanlov mezonlari, baholaş jarayoni va ğoliblarni saralaş mezonlari oçiq va tuşunarli bölişi — eng avvalo, davlat taşkilotlarining jamoatçilik bilan samarali va xolis axborot aloqasini mustahkamlaşga xizmat qilişi lozim.
Bu masalaga masullar rasmiy javob beradimi? Şu savol oçiq qolmoqda.