USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

XORAZM MATBUOT, MATBAAÇILIK, NOŞIRLIK: TARIXI VA BUGUNI

526 марта
XORAZM MATBUOT, MATBAAÇILIK, NOŞIRLIK: TARIXI VA BUGUNI

Xorazmda “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar  davom  etmoqda. Navbatdagi yana bir tadbir  yaqinda “Ogahiy” naşriyotida çop qilingan “Xorazm matbuoti, matbaaçilik, noşirlik: tarixi va buguni” nomli kitob taqdimotiga bağişlandi.   Mazkur solnoma  Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boşqarmasi taşabbusi bilan naşrdan çiqqan.

Mahmud Zamaxşariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ötkazilgan taqdimotda kitobning yaratilişida özining hissasini qöşgan ustoz jurnalistlar, ilmiy xodimlar, pedagoglar, şuningdek, talabalar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

Ğoya muallifi, kitobni naşrga tayyorlovçi va muharriri, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boşqarmasi boşliği Dilbar Bekçanovani yangi tarixiy naşr çop qilinganligi bilan samimiy muborakbod qildilar.  

Tarix fanlari böyiça falsafa doktori, dotsent Umid Bekmuhammad, Xalqaro “Oltin meros” jamoat fondining viloyat bölimi rahbari Komiljon Nurjonov, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlaşgan tahririyati  boş muharriri Soliyajon Rahimberganova, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi rahbari Gavhar Ibodullayeva, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi azolari Qurbon Muhammadrizo,  Şuhrat Matkarimov,  taniqli publitsist va yozuvçi  Husayin Rahmonov, mehnat faxriysi Nodir Otajonov va boşqalar kitobda viloyatimiz matbuoti, matbaaçilik, noşirlik ötmişi va buguni, soha fidoyilari haqida qimmatli malumotlar jamlanganini etirof qildilar. 

Tadbirda viloyatda naşriyot-matbaa tizimi, bosma naşrlar, televideniya va radio, kutubxona va kitob dökonlari, hududdagi xalqqa axborot yetkaziş va ziyo tarqatiş borasida olib borilgan va olib borilayotgan keng kölamli işlar haqida söz yuritildi.



Taqdimot söngida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boşqarmasi boşliği Dilbar Bekçanova kitobning yaratiliş jarayoni haqida sözlab berdi va qatnaşçilarga minnatdorçilik bildirdi. Mazkur töplamning ilk nusxalari Mahmud Zamaxşariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga taqdim qilindi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: