«Bunyodkor ayollar – 2025» Xorazm viloyati xotin-qizlar festivali doirasida forum ötkazildi.
24-04-2025, 22:11
421 марта
«Bunyodkor ayollar – 2025» Xorazm viloyati xotin-qizlar festivali doirasida forum ötkazildi.Tadbirda Boş vazir örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Zulayho Mahkamova sözga çiqib, forum iştirokilarini qizğin tabrikladi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasidagi islohotlarning natijalariga keng töxtaldi.
Şuningdek, Xorazm viloyati hokimi örinbosari, oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Nigora Kutlimuratova, Markaziy bank Xorazm viloyati boş boşqarmasi hamda tijorat banklari rahbarlari, davlat va jamoat taşkilotlarining vakillari tomonidan viloyatda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan axborot berildi.
Malumot uçun - “Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son Qaror asosida joriy yilda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşning asosiy maqsadli körsatkiçlariga erişiş borasida barça say-harakatlar olib boriladi.
Bunda:
2 million nafar xotin-qizlarning bandligini taminlaş;
250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş;
250 ming nafar xotin-qizlarni oliy talim bilan qamrab oliş;
50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda soğlomlaştiriş hamda ularda tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş böyiça motivasion seminarlar taşkil etiş işlari masul vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oşiriladi.







