USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şveytsariyada aholi soni 10 mln kişi bilan çeklanişi mumkin

108 марта
Швейцарияда аҳоли сони 10 млн киши билан чекланиши мумкин

Bugun, 14 iyun kuni Şveytsariyada aholi sonini çeklaş böyiça referendum ötkazilmoqda. Mamlakat fuqarolari bir vaqtning özida ikkita muhim masalani – umumiy fuqarolik xizmati islohoti va aholi sonini çeklaş masalasini hal qilmoqda. Eng köp muhokama qilinayotgan bandlardan biri – 2050 yildan keyin aholi sonining yuqori çegarasini 10 million kişi etib belgilaş taşabbusi. Bu haqda Şveytsariya hukumatining rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Qayd etilişiça, uşbu taşabbus uy-joy tanqisligi va infratuzilmaga tuşayotgan yuklamaning ortib borişi fonida yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda Şveytsariyada 9 milliondan ortiq kişi istiqomat qilmoqda va aholi oqimining amaldagi surati saqlanib qolsa, taklif etilayotgan limit 2050 yildan ança oldin buzib ötiladi.

Şveytsariyaning oliy ijroiya hokimiyat organi hisoblangan Federal kengaş uşbu taşabbusga qarşi ovoz berişga çaqirmoqda. Aprel oyida hukumat xorijliklar tomonidan köçmas mulk sotib olinişining yanada qatiy qoidalari loyihasini taqdim etgan va uşbu taşabbusni bölajak referendum bilan boğlagan.

Işbilarmon doiralar esa ovoz berişning ijobiy natijasi Şveytsariyaning işçi kuçidan foydalaniş imkoniyatlarini çeklab qöyişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Hozirgi kunda aholining törtdan bir qismidan köproğini çet el fuqarolari taşkil etadi, ularning 82 foizdan ortiği Italiya, Germaniya, Portugaliya va Frantsiyadan borganlar.

Aholi sonining ösişi uy-joyga bölgan talabning oşişiga va narxlarning keskin kötarilişiga sabab bölgan. “Wüest Partner” konsalting kompaniyasi malumotlariga köra, Tsug şahridagi uy-joylar endi Jenevadagidan qimmatroq. Jenevadagi elita köçmas mulklar esa, “Knight Frank” kompaniyasining 2026 yilgi hisobotiga köra, Singapur, London, Nyu-York, Tokio va Parijdagidan ham yuqori baholangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: