Dunyoning eng yaxşi universitetlari reytingi elon qilindi
Jahon universitetlari reytingi markazi (CWUR) 2025-2026 yillar uçun top-1000 reytingini elon qildi. Bu haqda CWUR matbuot xizmati xabar berdi.
Reytingning birinçi poğonasini AQŞning Garvard universiteti egallagan. Kuçli önlikka (Top-10) Amerikaning sakkizta va Buyuk Britaniyaning ikkita oliy talim muassasasi kirgan. Ular qatorida Stenford universiteti, Massaçusets texnologiya instituti, şuningdek, Kembrij universiteti, Oksford universiteti, Yel universiteti, Pensilvaniya universiteti, Kolumbiya universiteti. Eng yaxşi öntalikning sönggi örnini Kaliforniya texnologiya egallagan.
“Top-10 talikka kirgan universitetlar va qolgan oliy öquv yurtlari örtasidagi farq tobora kengayib bormoqda. Reytingdagi asosiy omil – bu ilmiy tadqiqotlardir. Agar hukumatlar öz universitetlari reytingning yuqori qismidagi institutlar bilan raqobatlaşişini xohlasalar, ilmiy işlarga sarmoya kiritişlari kerak”, deydi taşkilot prezidenti Nadim Mahassen.
CWUR’ning 2025-2026 yilgi reytingidan 60 dan ortiq davlatning öquv yurtlari joy olgan. Jumladan, unda AQŞning 200 dan ziyod, Xitoyning 100 dan ortiq va Buyuk Britaniyaning 60 dar ortiq universiteti bor. Qolgan örinlarni Janubiy Koreya, Italiya, Ispaniya, Kanada, Avstraliya va boşqa rivojlangan davlatlar bölişib olgan. Uşbu reytingda Özbekiston oliy talim muassasalaridan birortasi joy olmagan.
Qayd etilişiça, Top-1000 röyxati quyidagi omillar asosida tuziladi: bitiruvçilar va akademiklar orasida xalqaro tanlovlar ğoliblari soni, ularning iş bilan bandligi, şuningdek, ilmiy işlarning soni, nufuzi va ularga bölgan iqtiboslar soni.
Jahon universitetlari reytingi markazi (CWUR) – talim va tadqiqot faoliyati sifatini oşiriş maqsadida davlat hokimiyati organlari hamda universitetlarga uslubiy va strategik tavsiyalar hamda konsalting xizmatlari körsatişga ixtisoslaşgan yetakçi konsalting kompaniyasidir. CWUR dunyodagi eng yirik universitetlar reytingini çop etadi. Uşbu reytingni tuzişda oliy öquv yurtlari, ular tomonidan taqdim etilgan sörovnomalar va malumotlardan qati nazar, talim sifati, bitiruvçilarning işga joylaşiş istiqbollari, tadqiqotlar darajasi va innovatsiyalar sohasidagi faoliyati böyiça baholanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Islandiya, Yangi Zelandiya, Şveytsariya, Sloveniya va Irlandiya dunyodagi eng xavfsiz 5 ta davlat deb tan olingandi.