Özbekistonning davlat OTMlari 2024 yilda qança daromad kördi?
2-06-2025, 12:04
432 марта
Oçiqlangan malumotlarga köra, 2024 yilda 72 ta davlat oliy talim muassasalari (OTM) jami 11,95 trln söm daromad olgan.OTM daromadlarining 66,1 foizi yoki 7,9 trln söm qismini tölov-kontrakt asosida öqiyotgan talabalar tomonidan tölangan mablağlar taşkil etadi. Şuningdek, davlat byudjetiga oliy talim muassasalariga jami 3,58 trln söm mablağ ajratilgan (bu jami tuşumning 30 foiziga teng). Bundan taşqari, daromadlarning 3,9 foizi yoki 469,2 mlrd söm qismi rivojlantiriş işlari uçun sarflangan.
Eng köp daromad olgan OTMlar
Hisobotga köra, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti 2024 yilda eng katta daromadga ega bölgan — 927,5 milliard söm. Bu körsatkiç bilan mazkur OTM respublikadagi barça oliygohlar orasida yetakçi hisoblanadi. Uning sof daromadi esa 44,79 milliard sömni taşkil etgan.
Eng kam daromad körgan OTM esa — “Sankt-Peterburg Davlat universiteti”ning Toşkent şahar filiali, u 2024 yilda bor-yöği 2,4 milliard söm daromad olgan.
Top-10 davlat OTMlari (jami daromad böyiça):
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti — 574,6 mlrd söm
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti — 475,9 mlrd söm
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti — 473,9 mlrd söm
Jizzax davlat pedagogika universiteti — 423,9 mlrd söm
Çirçiq davlat pedagogika universiteti — 398 mlrd söm
Farğona davlat universiteti — 389,5 mlrd söm
Urganç davlat universiteti — 363,9 mlrd söm
Buxoro davlat universiteti — 329,2 mlrd söm
Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti — 327,9 mlrd söm
Eng köp sof daromad olgan davlat OTMlari:
2024 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga qöşib yuborilgan Toşkent moliya instituti esa sof daromad böyiça eng yuqori natijani qayd etgan — 165,96 milliard söm.
Hozirda faoliyat yuritayotgan OTMlar içida esa Jizzax davlat pedagogika universiteti eng köp sof daromad olgan muassasa sifatida qayd etilgan — 76,17 milliard söm. Töliq röyxat:
Toşkent moliya instituti (hozirda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibida) — 166,0 mlrd söm
Jizzax davlat pedagogika universiteti — 76,2 mlrd söm
Qarşi muhandislik-iqtisodiyot instituti — 54,3 mlrd söm
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti — 44,8 mlrd söm
Şahrisabz davlat pedagogika instituti — 40,8 mlrd söm
“Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti — 38,3 mlrd söm
Termiz davlat pedagogika instituti — 31,6 mlrd söm
Çirçiq davlat pedagogika universiteti — 27,1 mlrd söm
Andijon davlat pedagogika instituti — 22,9 mlrd söm
Andijon davlat universiteti — 19,2 mlrd söm
Xarajatlar
2024 yil davomida OTMlar jami 11,4 trln söm miqdorida xarajat qilgan. Umumiy daromad va xarajat örtasidagi farq +504,26 mlrd sömni taşkil etgan.
Biroq, 2024 yilni 12 ta OTM zarar bilan yakunlagan. Ularning ayrimlari daromadi yuqori bölgan universitetlar qatorida ham bor. Masalan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Farğona davlat universiteti va Urganç davlat universiteti zarar körgan OTMlar sirasiga kiradi.
Daromadga nisbatan köproq xarajat qilgan OTMlar:
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti — -36,99 mlrd söm
Samarqand davlat universiteti — -37,98 mlrd söm
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — -37,92 mlrd söm
Navoiy davlat pedagogika instituti — -32,9 mlrd söm
Termiz davlat universiteti — -24,34 mlrd söm
Urganç davlat universiteti — -23,58 mlrd söm
Namangan davlat universiteti — -18,99 mlrd söm
Qarşi davlat universiteti — -16,79 mlrd söm
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti — -13,6 mlrd söm
Samarqand davlat çet tillar instituti — -3,56 mlrd söm
Farğona davlat universiteti — -12,55 mlrd söm
Urganç davlat pedagogika instituti — -379,16 mln söm
Şuningdek, bazi OTMlar yil yakunida daromad va xarajat böyiça deyarli “nol” balans bilan çiqdi, yani foyda ham, zarar ham deyarli bölmagan.