USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Netanyaxuni haqorat qildi

164 марта
Трамп Нетаньяхуни ҳақорат қилди

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot çoğida uning Bayrutga bergan zarbasidan keskin norozilik bildirganini malum qildi. Bu haqda u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytgan. 

Trampning sözlariga köra, Isroil Livan poytaxtiga hujumni AQŞ va Eron örtasida uruşni yakunlaşga qaratilgan memorandum imzolanişi kutilgan paytda amalga oşirgan. Şu sabab u Netanyahu bilan suhbatda: “Nima qilayotganingni öylayapsanmi?” deya keskin tanbeh bergan.

AQŞ Prezidenti Netanyahu harakatidan ğazablanganini bildirib, uning “töğri qaror çiqariş qobiliyati yöqligini” aytgan. Tramp, şuningdek, Isroil tomonini “Hizbulloh”ga qarşi yangi hujumlarni amalga oşirmaslikka çaqirgan.

Uning takidlaşiça, AQŞ va Eron örtasidagi kelişuv öşa kuni imzolanişi kerak bölgan, biroq Isroilning Bayrutga bergan zarbasi bu jarayonni keçiktirgan. Tramp kelişuv yaqin soatlarda elektron şaklda imzolanişi, keyinçalik esa Yevropada rasmiy marosim ötkazilişi mumkinligini aytgan.

Qayd etiş joiz, Isroil armiyasi Bayrut janubidagi Dahiya hududiga avia zarba bergan edi. Livan milliy axborot agentligi malumotiga köra, hujum oqibatida 3 kişi halok bölgan, yana 15 kişi jarohat olgan.

Hujumdan söng Eron parlamenti spikeri va muzokaralar guruhi rahbari Muhammad Boqir Ğolibof AQŞni tanqid qilib, agar Isroilning hujumlari davom etsa, muzokara jarayoni töxtaşi mumkinligidan ogohlantirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralar fonida mamlakat Livan, Suriya çegarasi va Ğazo sektorining bir qismidagi harbiy nazoratni saqlab qoliş niyatida ekanini aytgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: