Eron Isroilni bombardimon qildi
8-06-2026, 09:13
237 марта

Eron Isroilni bombardimon qildi
Keça, 7 iyun kuni Eron Isroilning şimoliy hududlariga bir neça tölqinda raketa hujumlarini amalga oşirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.Isroil Mudofaa armiyasining (TsAHAL) malum qilişiça, Eron tomonidan uçirilgan barça raketalar havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yöq qilingan.
“Havo hujumidan mudofaa tizimi hozirda tahdidlarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş ustida işlamoqda”, deyiladi TsAHAL bayonotida.Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi esa Isroil yanada kuçli zarbalarga duç kelişini malum qildi.
“Bu operatsiya bir martalik harakat emas, balki uzluksiz davom etadigan bir haftalik hujumlar boşlanişidir. Keyingi yetti kun davomida duşman töxtatilmagunça va öz harakatlarini yakunlamagunça raketa va dronlar tölqini keça-kunduz davom etadi”, deyiladi korpus bayonotida.Eron rasmiylari Isroil Bayrut janubidagi nişonlarga zarba beriş orqali “barça qizil çiziqlardan ötganini” takidlagan. Avvalroq, Isroil Livan poytaxti janubida joylaşgan “Hizbulloh” obektlariga zarba berganini malum qilgan edi.
Raketa hujumlaridan söng Isroil armiyasi Boş ştabi rahbariyati duşmanga qarşi qatiy javob qaytarilişini bildirgan. Armiya vakillari Eron “jiddiy xato qilganini” takidlagan.
Ayni paytda AQŞ Prezidenti Donald Tramp “Axios” naşriga bergan intervyusida Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahudan javob hujumlarini töxtatişni söraş niyati borligini aytgan. Uning fikriça, bu ehtimoliy AQŞ–Eron kelişuvini saqlab qoliş uçun muhim hisoblanadi.
Keyinroq “Financial Times” bilan telefon orqali suhbatda Tramp Netanyahu AQŞ Eron bilan erişadigan har qanday kelişuvni qabul qilişdan boşqa çorasi yöqligini aytgan.
“Uning boşqa tanlovi bölmaydi. Qarorlarni men qabul qilaman. Barça qarorlarni men qabul qilaman. Netanyahu qaror qabul qilmaydi”, degan Tramp.Uning takidlaşiça, Eronning sönggi hujumlari ehtimoliy kelişuvga heç qanday tasir körsatmagan.
“Fox News” malumotiga köra, Tramp Eronga ham murojaat qilib, “Etarli. Muzokaralar stoliga qayting”, degan. Şuningdek, u Isroilning Bayrutga bergan zarbalaridan noroziligini ham bildirgan.
Keyinroq Isroil Mudofaa armiyasi Eronning raketa hujumlaridan söng javob zarbasini amalga oşirganini malum qildi.
“Biroz avval Isroil harbiy-havo kuçlari Eronning ğarbiy va markaziy hududlarida joylaşgan harbiy nişonlarga zarba berdi”, deyiladi TsAHAL bayonotida.Armiya vakillari operatsiya tafsilotlari keyinroq malum qilinişi aytgan.