Isroil Livan janubida quruqlikdagi operatsiyani boşladi
3-03-2026, 20:41
182 марта

Isroil Livan janubida quruqlikdagi operatsiyani boşladi
Isroil Mudofaa armiyasi (TsAXAL) Eronga qarşi operatsiya bilan bir vaqtda Livan janubida ham harakat qilmoqda va “oldingi mudofaani kuçaytiriş uçun” çegara yaqinidagi bir neçta nuqtalarda pozitsiyalarni egallamoqda. Bu haqda TsAXAL matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, TsAXAL “tahdidlarni bartaraf etiş va Isroil hududiga bostirib kirişga urinişlarning oldini oliş uçun” “Hizbulloh” infratuzilmasiga “aniq zarbalar” bermoqda.
Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats özi va Boş vazir Binyamin Netanyaxu harbiylarga “Isroilning çegaraoldi aholi punktlari öqqa tutilişini töxtatiş uçun Livandagi qöşimça strategik hududlarni egallaş va u yerda ilgarilaşga ruxsat berganini” malum qilgan.
2024 yilda “Hizbulloh” bilan erişilgan öt oçişni töxtatiş haqidagi kelişuvdan söng, Isroil Livan içkarisidagi beşta strategik muhim nuqtada öz quruqlikdagi qöşinlarini qoldirgan.
“Hizbulloh” 2 martga ötar keçasi Isroilga raketa va dronlar uçirgan va buni Eron Oliy rahbari Ali Xomanaiyning öldirilişi uçun qasos deb atagan. Şundan söng, Isroil Mudofaa armiyasi Bayrut va Livan janubidagi “Hizbulloh”ga aloqador nişonlarga zarba bera boşladi. TsAXAL Boş ştabi boşliği general Eyal Zamir Isroil “bir neça frontda uruş olib boriş stsenariysiga” tayyor ekanini aytdi.
Bugun, 3 martga ötar keçasi Livan tomonidan Isroilga bir neçta raketa va dronlar uçirildi. Raketa va uçiş apparatlarining bir qismi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib qolindi, qolganlari kimsasiz hududlarga tuşdi. Öz navbatida, Isroil Mudofaa armiyasi “Hizbulloh”ga qarşi keng kölamli zarbalar berilişini elon qildi.