Isroil sulhdan keyin ham Ğazoga keng kölamli zarbalar berdi
20-10-2025, 14:32
224 марта

Isroil sulhdan keyin ham Ğazoga keng kölamli zarbalar berdi
Isroil armiyasi (TsAXAL) HAMAS guruhining öt oçişni töxtatiş rejimini “qöpol ravişda buzganini” davo qilib, Ğazo sektoriga zarbalar berdi. Bu haqda TsAXAL matbuot xizmati xabar berdi.
Isroilning takidlaşiça, HAMAS azolari Misr bilan çegara hududidagi Rafah atrofida terrorçilik infratuzilmasini yöq qiliş böyiça kelişuv şartlariga muvofiq harakat qilayotgan isroillik harbiylarga öt oçgan. Hodisa oqibatida 26 yoşli mayor va 21 yoşli katta serjant halok bölgan. Armiya HAMAS tomonidan foydalanilayotgan tunnellar hamda boşqa harbiy obektlarni yöq qiliş maqsadida javob zarbalarini yöllaşni boşlagan.
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu harakat azolarining harbiylarga uyuştirilgan hujumdan söng, TsAXAL va xavfsizlik xizmatiga “Ğazo sektoridagi terrorçilik nişonlariga qarşi qatiy çoralar köriş”ni buyurgan.
“Times of Israel”ning harbiy manbasiga köra, Rafahda 20 dan ortiq nişonga zarba bergan. Şuningdek, Isroil Ğazo sektoriga gumanitar yordam yetkazişni vaqtinçaga töxtatgan.
Isroil hukumatining vakili OAVga anonim tarzda bergan bayonotida Tel-Aviv harbiy harakatlarni qayta boşlaşni istamasligini bildirgan. U TsAXAL vakillari kabi aviazarbalar HAMAS hujumiga javob bölganini takidlagan va Isroil öt oçişni töxtatiş rejimining buzilişiga xuddi şunday javob qaytariş bilan ogohlantirgan.
Oradan köp ötmay, Isroil armiyasi Ğazoda öt oçişni töxtatiş rejimiga qaytilganini malum qilgan. TsAXAL matbuot xizmati xabariga köra, bu qaror Isroilning siyosiy rahbariyati topşiriği asosida qabul qilingan.
“Isroil mudofaa armiyasi öt oçişni töxtatiş şartlariga rioya qilişda davom etadi va uning har qanday buzilişiga keskin javob beradi” deyiladi armiyaning rasmiy bayonotida.