Isroil boş vaziri Ğazo sektoriga töliq bostirib kirişga buyuruq berdi
5-08-2025, 14:35
351 марта
Isroil boş vaziri Ğazo sektoriga töliq bostirib kirişga buyuruq berdiIsroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu 4 avgust kuni Ğazo sektoriga töliq bostirib kiriş haqida qaror çiqardi. Bu haqda The Jerusalem Post naşri xabar berdi.
Boş vazirning malum qilişiça, HAMAS tomonidan garovga olingan yahudiy harbiylari joylaşgan hududlarda ham harbiy operatsiyalar ötkaziş rejalaştirilgan. Uşbu qaror Isroil mudofaa kuçlari boş ştabi rahbari, general-leytenant Eyal Zamirga yetkazilgan. Agar Zamir qarorga rozi bölmasa, uning istefosi kutilayotgani takidlangan.
5 avgust kuni ertalab Isroil rasmiylaridan biri Netanyaxu Ğazo va garovdagi şaxslar masalasi yuzasidan kengaytirilgan yiğiliş çaqirganini malum qildi. Yiğilişda boş vazir navbatdagi harakatlar yuzasidan barça mavjud variantlarni körib çiqayotgani aytilgan.
AQŞ aralaşuvi
Isroil rasmiylarining malum qilişiça, AQŞning maxsus vakili Stiv Vitkof mamlakat prezidenti Donald Tramp bilan uçraşiş uçun Vaşingtonga qaytib ketgan. U avvalroq Ğazo sektoridagi oçarçilik holatini şaxsan köriş maqsadida taşrif buyurgan edi.
Netanyaxu tomonidan taklif qilingan kelişuv amalga oşsa, uşbu şartnomada barça garovga olinganlarni ozod qiliş ham nazarda tutiladi.
HAMASning javobi
Ğazoni töliq egallaşga oid Netanyaxuning bayonotidan söng, HAMAS harakati rasmiy munosabat bildirdi:
“Isroilning bunday tahdidlari avval ham bölgan. Bundan xavotir olişga hojat yöq. Bu bizning qarorlarimizga tasir qilmaydi”.
Uşbu bayonot Qatar poytaxti Dohada HAMAS, Isroil va vositaçi davlatlar örtasida oylab davom etgan öt oçişni töxtatiş va garovdagilarni ozod qiliş muzokaralaridan söng berilgan. HAMAS muzokaralarga qaytiş şarti sifatida Ğazoga gumanitar yordam ortilgan yuk maşinalarining kirişini talab qilmoqda.
Ötgan hafta HAMAS oçarçilikdan aziyat çekayotgan garovdagilar aks etgan foto va videolarni elon qilib, ularning ahvoli oğir ekanini körsatgandi. Harakat takidlaşiça, anklavda gumanitar yölaklar doimiy oçiq bölsagina, garovdagilar ozuqa bilan taminlanadi.