USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dahşatli statistika: har bir raqam ortida inson bor

471 марта

Dahşatli statistika: har bir raqam ortida inson bor

2023 yil 7 oktyabrdan buyon davom etayotgan uruş mobaynida Isroil armiyasi Ğazo sektoriga 125 ming tonnadan ziyod bomba va portlovçi modda taşladi. Şu tariqa bölgadagi binolarning 88 foizi vayron qilindi. Bu haqda TRT naşri Ğazo hukumatiga asoslanib xabar berdi.


650 kundan buyon davom etayotgan uruş mobaynida halok bölgan va daraksiz yöqolganlar soni 67 880 nafarga yetdi. Ularning 19 ming nafari bolalar, 12,5 mingi ayollardir.
9,5 ming kişi hali-hamon bino vayronalari ostida qolmoqda.

Qirğinbarot uruşda 1 590 nafar tibbiy xodim, 228 nafar jurnalist va 777 nafar insonparvarlik taşkilotlari vakillari halok böldi.

Yuz minglab kişi jarohatlandi, jumladan, 4,7 ming kişi tana azolaridan ayrildi.
Tahlillarga köra, Ğazo aholisining 2 million nafari yuqumli xastaliklarga çalindi. Jumladan, 71 ming kişi gepatit orttirib olgan.
Bombardimonlar tufayli 2 mln kişi öz uyini tark etdi va hozirda aviahujum, oçlik, xastalik va taşnalik tahdidi ostida, oçiq osmon ostida tunamoqda.

Ğazo hukumati hisob-kitobiga qaraganda, Isroil armiyasi hududdagi 38 ta şifoxona, 96 ta ambulatoriya, 538 ta maktab, 833 ta masjid, 3 ta çerkov va 40 ta qabristonni vayron qildi.
Bölgadagi 288 mingta uy yer bilan yakson etildi, yana 130 mingi yaşaşga yaroqsiz holga keltirildi.
Hozirça Ğazo sektoriga yetkazilgan moddiy zarar 62 milliard dollar deb baholanmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: