USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroil va HAMAS nimalarga kelişib oldi?

118 марта

Isroil va HAMAS nimalarga kelişib oldi? 

Isroil va HAMAS örtasidagi birinçi bosqiç kelişuvining tafsilotlari malum böldi. Bu haqda “Ynet” naşri xabar berdi.

Malum qilinişiça, Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) kuçlarini kelişilgan çiziqlargaça olib çiqqaç, Ğazo sektorining 53 foiz hududini nazorat qilişda davom etadi. Bu körsatkiç AQŞ Prezidenti Donald Trampning tinçlik rejasi doirasidagi “sariq çiziq”dan 4 foizga kam bölib, “sariq çiziq” garovdagilar ozod qilingaç, qöşinlarni bosqiçma-bosqiç olib çiqişni nazarda tutadi.

“Sky News Arabia” xabariga köra, Şarm al-Şayxdagi muzokaralarga yaqin bölgan misrlik manba Isroil va HAMAS örtasida töliq öt oçişni töxtatiş böyiça tuzilgan kelişuv quyidagilarni öz içiga olişini bildirgan:
  • Isroil qöşinlari Ğazoning 70 foiz hududidan bosqiçma-bosqiç çiqib ketişi;
  • garovdagilar va qamoqda bölgan şaxslarni bir vaqtda ozod etiş.
Avvalroq, “The Jerusalem Post” naşri Isroil armiyasi Ğazo şahrining yarmidan köp qismida amaliy nazoratni örnatgani va bu hududdan 1 million aholining 800 mingdan ortiği evakuatsiya qilingani haqida yozgandi. 
Şuningdek, kelişuv doirasida tirik isroillik garovdagilarni ozod qiliş, 2000 dan ortiq falastinlik mahbuslarni ozod qiliş ham közda tutilgan. 

AQŞ rahbari Donald Tramp “Fox News” efirida garovdagilarni 13 oktyabr kuni ozod qiliş rejalaştirilayotganini aytgan. 
“Ular kelişuvni maqullagan zahoti Isroil öz qöşinlarini belgilangan çiziqqaça olib çiqişi kerak böladi. Bu 24 soatdan kamroq vaqt oladi. Şundan söng, 72 soatlik muddat boşlanadi va HAMAS imkon qadar bunga erta erişişga harakat qiladi”, degan amerikalik rasmiylaridan biri. 
Şu bilan birga, Isroil armiyasi harbiylarga “har qanday stsenariyga tayyor böliş” haqida ogohlantiriş bergan. TsAXAL falastinliklarni Ğazoga qaytmaslikka çaqirib, bu hududga qaytiş “nihoyatda xavfli” ekanini takidlagan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: