USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Stenford universiteti bitiruvçilari Falastin uçun namoyiş ötkazdi

53 марта
Стэнфорд университети битирувчилари Фаластин учун намойиш ўтказди

Stenford universitetidagi bitiruv marosimida Google boş direktori Sundar Piçayning nutqi vaqtida talabalarning ommaviy norozilik aktsiyasi bölib ötdi. Bu haqda “News 18” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, bugun, 15 iyun kuni Stenford universitetining 135-bitiruv marosimi ötkazilgan. Unda universitet bitiruvçisi va Google rahbari Sundar Piçay 2026 yil bitiruvçilariga murojaat qilgan. Universitet malumotlariga köra, tadbirda 20 mingdan ortiq kişi, jumladan, 3 600 nafar talaba iştirok etgan. Biroq Piçay nutq sözlayotgan vaqtda taxminan 200 nafar talaba örinlaridan turib, zalni tark etgan. Qolgan ayrim guruhlar esa Falastin bayroqlarini kötarib, bannerlar namoyiş qilgan va huştak çalgan holda nutq örtasida çiqib ketgan.

Norozilar Google kompaniyasining Isroil hukumati bilan hamkorligiga qarşi çiqqan. Xususan, ular 2021 yilda tuzilgan va qiymati 1,2 milliard dollarga baholangan Project Nimbus bulutli texnologiyalar loyihasini tanqid qilgan. Namoyişçilar uşbu kelişuvni Isroil bilan texnologik hamkorlikning ramzi sifatida baholamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda talabalar “Free Palestine” (“Ozod Falastin”) deya hayqirib, Falastin bayroqlari va norozilik plakatlari bilan zaldan çiqib ketayotgani aks etgan. Malum qilinişiça, aktsiyani Students for Justice in Palestine va No Teç for Apartheid kabi taşkilotlar uyuştirgan.

Piçay öz nutqida Hindistonning Çennay şahridan Kaliforniyagaça bölgan hayot yöli haqida gapirib, bitiruvçilarni qiyinçiliklarga qanday munosabat bildiriş muhimligiga çaqirgan.

“Bazan kundalik yangiliklarga qarab, biz öta murakkab davrda yaşayapmiz deb öylaş oson. Ammo har bir avlod öz sinovlariga duç kelganini eslaş foydali. Biz qaysi dunyoda bitirayotganimizni tanlay olmaymiz, lekin vaziyatga qanday munosabatda bölişimizni tanlaş imkoniyatiga egamiz”, degan u.

Talabalarning norozilik aktsiyasi universitet taşqarisida ham muhokamalarga sabab bölgan. Hind-amerikalik vençur sarmoyador va texnologiya sohasi vakili Vinod Xosla X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida namoyişçilarni tanqid qilib, talabalarning harakatlarini “bir tomonlama, ahmoqona, uzoqni köra bilmaydigan va juda xudbinona”, deb baholagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq London markazida ön minglab odamlar ikki alohida namoyiş – Nakba Day’dan bir kun ötib ötkazilayotgan Falastin tarafdorlari marşini ötkazişgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: