Namoyişlardan söng Erdöğan Bilgi universitetini yopiş haqidagi qarorini bekor qildi
26-05-2026, 11:49
112 марта

Namoyişlardan söng Erdöğan Bilgi universitetini yopiş haqidagi qarorini bekor qildi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Istanbuldagi xususiy Bilgi universitetini yopiş haqidagi farmonni talabalar noroziligidan keyin bekor qildi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.Universitet faoliyatini töxtatiş haqidagi qaror 21 may kuni imzolangan bölsa, uni bekor qiluvçi yangi farmon 24 may kuni Turkiya hukumatining rasmiy gazetasida elon qilingan.
Rasmiylarga köra, liberal qaraşlari bilan tanilgan universitetni yopiş qarori mamlakatning oliy talim töğrisidagi qonunining 11-moddasi asosida qabul qilingan. Mazkur norma universitetlararo kengaş faoliyatini tartibga soladi. OAV esa qonunda talim sifati yetarli bölmagan xususiy oliygohlarni yopiş imkoniyati ham nazarda tutilganini yozmoqda.
Talabalarni davlatga qaraşli Mimar Sinon nomidagi Tasviriy sanat universitetiga ötkaziş rejalaştirilgan edi. Şuningdek, Bilgi universiteti tasisçi jamğarmasi taşqi boşqaruvga topşirilgani ham aytilgan.
Universitetni yopiş qarorini bekor qildirişga talabalar va ayrim öqituvçilarning uç kun davom etgan ommaviy norozilik namoyişlari sabab böldi. 24 may kuni universitet kampusidagi mitinglarda mingga yaqin kişi qatnaşgan. Önlab talabalar universitet binosini egallab olgan, keyinçalik ularni politsiya olib çiqqan.
Britaniyaning BBC korporatsiyasining turk xizmati yozişiça, Bilgi universitetini yopiş qarori 2025 yil sentyabridan beri Istanbuldagi yirik kompaniyaga qarşi olib borilayotgan firibgarlik va soliqdan böyin tovlaş işi doirasida qabul qilingan. 120 dan ortiq kompaniyani birlaştirgan holding 2019 yildan buyon universitet homiysi bölib kelgan.
1996 yilda taşkil etilgan Bilgi universitetida hozir 20 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Oliygohda sakkizta fakultet va 150 dan ortiq talim dasturi mavjud. Universitet Yevropa Ittifoqining “Erasmus” talabalar almaşinuvi dasturida ham iştirok etadi.
Bu Turkiyada universitet yopilişi bilan boğliq birinçi mojaro emas. 2020 yilning iyun oyida Erdöğan farmoni bilan sobiq boş vazir Ahmet Dovutöğli bilan aloqador Istanbul Şahar universiteti ham yopilgan edi.
Öşanda rasmiylar universitet moliyaviy muammolar sabab faoliyatini davom ettira olmasligini bildirgan. Talabalar esa Marmara universitetiga ötkazilgan edi.