Yaponiya Rossiyadagi markazlarining barçasini yopdi
10-09-2025, 13:27
85 марта

Yaponiya Rossiyadagi markazlarining barçasini yopdi
Tokio Rossiyada joylaşgan barça Yapon markazlarini yopiş qarorini qabul qildi. Bu haqda bugun, 10 sentyabr kuni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Boş kotibi Yosimasa Xayasi matbuot anjumanida malum qildi.“Yapon markazi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş böyiça” nomli bu taşkilot 2000 yilda hukumatlararo memorandumlar asosida tuzilgan edi. Keyinçalik 2003 yilda yana bir hujjat qabul qilingan bölib, ular Rossiya hududida markazlarning oçilişi va faoliyatini tartibga solgan.
Markazlar asosan yapon tilini öqitiş, hududlarda biznes-seminarlar ötkaziş, Yaponiya bilan amaliyotlar taşkil etiş hamda yapon kompaniyalari bilan aloqalarni yölga qöyişga kömaklaşib kelgan. Ularning faoliyati Yaponiya hukumati tomonidan, Rossiyadagi Yaponiya elçixonasi orqali moliyalaştirilgan.
Rossiyada bunday markazlarning oltitasi faoliyat yuritardi – Moskvada, Sankt-Peterburgda, Nijniy Novgorodda, Yujno-Saxalinskda, Xabarovskda va Vladivostokda. Avvallari ularga Rossiya va Yaponiya örtasidagi döstlik ramzi sifatida qaralgan. Biroq 2022 yildan boşlab Ukrainadagi harbiy amaliyot tufayli, Yaponiya ham Ğarb davlatlari qatorida Rossiyaga sanktsiyalar joriy etdi va bu orqali vaziyat keskinlaşdi. 2025 yil yanvar oyida Rossiya Boş vaziri Mixail Mişustin yapon markazlari faoliyatini tartibga soluvçi hukumatlararo memorandumlarni bekor qilişni buyurdi va TIVga Tokio tomonini bu qaror haqida xabardor qiliş topşiriğini berdi.